Hodisalar

Moskvadagi bozorlardan birida migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobil politsii v Moskve
Avtomobil politsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
"Novaya Moskva"da ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 8 nafar migrant qoʻlga olindi.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Politsiya "Novaya Moskva"dagi bozorda ommaviy mushtlashuvda qatnashgan 8 nafar nolegal migrantni qoʻlga oldi.
Moskva politsiyasi matbuot xizmati rahbari Vladimir Vaseninning soʻzlariga koʻra, jinoiy ish qoʻzgʻatilib, 89 ta maʼmuriy bayonnoma tuzildi.
Politsiya va Rosgvardiya xodimlari Admiral Kornilov koʻchasidagi "StroyMaster" bozorida ommaviy mushtlashuvni toʻxtatishdi.

"Xizmatlarni koʻrsatish borasidagi kelishmovchiliklar tufayli mojaro yuzaga kelganligi aniqlandi. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida huquqni muhofaza qilish idoralari 8 nafar gumonlanuvchi - 22 yoshdan 48 yoshgacha boʻlgan erkaklarni qoʻlga olishdi", - dedi Vasenin.

Qoʻlga olingan migrantlar bozorda yukchi boʻlib ishlaydi. Video mojaroda kamida 15 kishi ishtirok etgani aks etgan.
Fakt boʻyicha bezorilik (RF Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, unga binoan aybdorlar 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishlari mumkin. Barcha gumonlanuvchilar tilxat asosida qoʻyib yuborilgan.
Politsiya mushtlashuv boshqa ishtirokchilarini aniqlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala