Migratsiya

Rossiya IIV migratsiya islohotiga doir qonun loyihasini tayyorladi

© Vitaliy BelousovMigrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Ichki ishlar vazirligi migratsiya islohotiga doir qonun loyihasi tayyorladi.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi migratsiya islohotiga doir qonun loyihasi tayyorladi.
▪️ mehnat migrantlari, ularni yollagan ish beruvchilar va noinsof ishga taklif etuvchi shaxslarning reyestrlari tuziladi.
▪️ mehnat migrantlari ham yuridik, ham jismoniy shaxslar (NDFL toʻlagan holda) ishlashi, shuningdek oʻzini oʻzi band qilgan yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik qilishi mumkin.
Vid na jitelstvo inostrannogo grajdanina v otdelenii po voprosam grajdanstva RF, razresheniy na vremennoye projivaniye i vida na jitelstvo otdela UFMS Rossii po gorodu Moskve v YUAO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Migratsiya
Rossiyada chet elliklar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin
▪️ hozirgi “deportatsiya” oʻrniga yagona "chiqarib yuborish" (vыsыlka) tushunchasi kiritiladi, migrantlarni sud yoki (ayrim hollarda) tegishli idora chiqarib yuboriladi.
▪️ Mehnat migrantlaridan "qonunlarga rioya qilish bitimi"ni imzolash talab qilinadi, bitimda qonunlarga rioya qilish, Rossiya va uning fuqarolariga zarar yetkazadigan harakatlar qilishdan tiyilish shartlariga asosan Rossiyaga kirish huquqi berilgani, bu shartlar buzilgan hollarda mamlakatga kirish uchun taqiq qoʻyish bayon etiladi.
▪️ chet elliklarning Rossiyada boʻlish qonuniyligi ustidan maʼmuriy nazorat joriy etildi.
▪️ migrantlarning maʼmuriy majburlash choralarini qanday amalga oshirayotganini kuzatish uchun "nazorat ostida boʻlish" huquqni muhofaza qilish rejimi paydo boʻladi.
▪️ chet elliklar uchun Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalardan voz kechish va 3ta migratsiya rejimini oʻrnatish taklif qilinadi: qisqa muddatli (yil davomida jami 90 kundan oshmaydigan), uzoq muddatli (doimiy yashash uchun ruxsat olmasdan yil davomida 90 kundan oshadigan) va doimiy yashash (muddatsiz).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala