Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

“Tolibon”* Afgʻonistonda “sof islom davlati”ni yaratmoqchi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishTablichka na stole predstaviteley dvijeniya "Taliban"
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
"Tolibon" muloqot orqali "oʻz hududini himoya qila oladigan mustaqil va erkin islom davlati tizimini" yaratishni istamoqda.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakati siyosiy idorasining rasmiy vakili Muhammad Naimning soʻzlariga koʻra, toliblar Afgʻonistonning "butun hududida hukmronlik qilish" maqsadini qoʻyishmagan, ular muloqot orqali "oʻz hududini himoya qila oladigan mustaqil va erkin islom davlati tizimini" yaratishni istamoqda.
Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
"Tolibon" vakili ayollar huquqlariga amal qilinishi kafolatlari haqida gapirdi
Tolibon vakili RIA Novosti bilan suhbatda mamlakatda saylovlar oʻtkazib boʻlmasligini koʻrsatganligini, Afgʻonistonda "sof islom hukumati" tuzish kerakligini va ular boshqa hech qanday tizimni qabul qilmasligini aytgandi.
"Biz kuchli barqaror islom hukumatini yaratmoqchimiz. Islom asosida yaratilgan hukumat, u ilohiyotchilarning bilimiga asoslangan alohida printsiplar va ularni shakllantirish yoʻllariga ega", - dedi suhbatdosh.
“Tolibon" vakili aytishicha, ular qoʻshnilaridan Afgʻoniston ishlariga aralashmasliklarini soʻrashmoqda. Shu bilan birga, toliblar boshqa mamlakatlar bilan muzokaralar olib borishga va oʻzlarini qiziqtirgan masalalarni muhokama qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
“Tolibon” vakillarining soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda narkotik moddalar kontrabandasiga qarshi kurash olib boradi.

💣Amerikaliklar ketganidan keyin afgʻonistonliklar toliblarga 10 ming qurol-yarogʻ topshirishdi.

“Tolibon” jangarilari "Islom davlati"*ga qarshi kurash olib borayotganini va uni shimoliy hududlardan haydashga harakat qilmoqda.
“Tolibon” Afgʻoniston hukumati bilan oʻt ochishni toʻxtatish masalasini muhokama qilmoqda.
* Rossiyada taqiqlangan harakat va tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala