Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

“Tolibon”* Afgʻonistonning ikkinchi katta shahri - Qandahorga kirib keldi

© AFP / FARIDULLAH AHMADZAIBoyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreщennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
“Tolibon”* Afgʻonistonning ikkinchi yirik shahri boʻlgan Qandahorga kirib keldi - RIA Novosti manbasi.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. “Tolibon” (Rossiyada taqiqlangan harakat) Afgʻonistonning ikkinchi yirik shahri boʻlgan Qandahorga kirib keldi, deb xabar berdi RIA Novosti manbasi.
Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, janglar markaziy qamoqxona hududida boʻlib oʻtdi, hozirda bozor hududida davom etmoqda. Bir necha tinch aholi halok boʻldi va yaralandi, ammo ularning aniq soni nomaʼlum.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻonistonda “sof islom davlati”ni yaratmoqchi
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, hukumat armiyasining maxsus boʻlinmasi tunda shaharning bir necha qismida Tolibonga qarshi operatsiya oʻtkazdi, natijada toʻqqiz jangari yoʻq qilindi va yana ikkitasi yaralandi.
Shu bilan birga, Qandahor gubernatori shahardagi vaziyat nazorat ostida, jangarilar orqaga chekinayotganini maʼlum qildi.
Avvalroq, “Tolibon” harakat vakillari Afgʻonistonning 400 uyezdan 174tasini oʻz nazorati ostiga olganini bildirdi.
* Rossiyada taqiqlangan harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala