“Tolibon”* Afg‘onistonning ikkinchi katta shahri - Qandahorga kirib keldi

© AFP / FARIDULLAH AHMADZAIBoyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban
Boyeviki, zapreshennogo v RF, dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Qandahorga kirib keldi - RIA Novosti manbasi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. “Tolibon” (Rossiyada taqiqlangan harakat) Afg‘onistonning ikkinchi yirik shahri bo‘lgan Qandahorga kirib keldi, deb xabar berdi RIA Novosti manbasi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, janglar markaziy qamoqxona hududida bo‘lib o‘tdi, hozirda bozor hududida davom etmoqda. Bir necha tinch aholi halok bo‘ldi va yaralandi, ammo ularning aniq soni noma’lum.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
“Tolibon”* Afg‘onistonda “sof islom davlati”ni yaratmoqchi
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat armiyasining maxsus bo‘linmasi tunda shaharning bir necha qismida Tolibonga qarshi operatsiya o‘tkazdi, natijada to‘qqiz jangari yo‘q qilindi va yana ikkitasi yaralandi.
Shu bilan birga, Qandahor gubernatori shahardagi vaziyat nazorat ostida, jangarilar orqaga chekinayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq, “Tolibon” harakat vakillari Afg‘onistonning 400 uyezdan 174tasini o‘z nazorati ostiga olganini bildirdi.
* Rossiyada taqiqlangan harakat.
Yangiliklar lentasi
0