Siyosat

Xitoy tashqi ishlar vaziri Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishVizit glavы MID RF S. Lavrova v Kitay
Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Kitay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
XXR Tashqi ishlar vaziri 12-16 iyul kunlari Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi.
TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti XXR TIV rasmiy vakiliga asoslanib.
“Tashqi ishlar vaziri 12-16 iyul kunlari Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. U Dushanbeda boʻlib oʻtadigan SHHT tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida hamda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy aloqalar. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumanida ishtirok etadi”, - deyilgan rasmiy xabarda.
Bayonotda, shuningdek, Turkmaniston, Tojikiston va Oʻzbekiston Xitoyning doʻstona qoʻshnilari hamda strategik hamkorlari ekanini taʼkidlangan va XXR tashqi ishlar vazirining tashrifi hamda uning ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etishi, Xitoyga muhim diplomatik vazifalarga eʼtibor qaratish, jumladan Markaziy Osiyo bilan anʼanaviy doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlash, SHHT rivojiga hissa qoʻshish hamda Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashga imkon beradi”, - deyilgan xabarda.
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Siyosat
Lavrov xalqaro anjumanda ishtirok etish uchun Toshkentga keladi
Eslatib oʻtamiz 13-14 iyul kunlari Dushanbeda SHHT tashqi ishlar vazirlarniningnavbatdagi sammiti hamda 15-16 iyul kunlari Toshkentda Oʻzbekiston prezident tashabbusi bilan tashkil etilayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy aloqalar. Tahdid va imkoniyatlar” xalqaro anjumani boʻlib oʻtadi. Unda Markaziy Osiyo va boshqa qator davlatlar tashqi ishlar vazirlari, Oʻzbekiston va Afgʻoniston prezidentlari hamda nufuzli xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala