AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga keladi

© AFP 2023 / KARIM JAAFARSpetsialniy predstaviteley SShA po voprosam afganskogo primireniya Zalmay Xalilzad
Spetsialniy predstaviteley SShA po voprosam afganskogo primireniya Zalmay Xalilzad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
Obuna bo‘lish
Zalmay Xalilzad tashrifining maqsadi – Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati va Tolibon* harakati orasida tinchlik shartnomasiga erishishdir.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad Qatar, Pokiston va O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqida RIA Novosti Davlat Departamentiga asoslanib xabar qilmoqda.
Amerikalik diplomatning tashrifi kecha, 9-iyul kuni boshlangan bo‘lib uning asosiy maqsadi – Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati va Tolibon* harakati orasida tinchlik shartnomasiga erishishdir.
O‘zbekistonda Zalmay Xalilzad 15-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: Mintaqaviy bog‘liqlik. Chaqiriq va imkoniyatlar” xalqaro anjumanda ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan ushbu yuqori darajali anjumanda barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Xitoy va Rossiya tashqi ishlar vazirlari, Afg‘oniston va O‘zbekiston prezidentlari, Pokiston bosh vaziri va qator xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi.
Anjuman Afg‘oniston bilan ijtmoiy-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shni respublikaning tinchlik yo‘li bilan rivojlanishiga imkon yaratish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Bugun Afg‘onistonda vaziyat notinch. AQSh qo‘shinlarining 90% mamlakatdan olib chiqib ketilganidan so‘ng Tolibon* harakati hududlarni va muhim chegara punktlarini birma-bir egallab ola boshladi.
Yangiliklar lentasi
0