Jamiyat

“Radarlar noqonuniy jarima yozmoqda” – deputatlar IIVga murojaat qilishdi

© Press-slujba GUVD TashkentaRadar na doroge v Tashkente
Radar na doroge v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Radarlar haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligi uchunmi yoki koʻproq jarimalar yigʻish uchunmi - deputatlar Ichki Ishlar vazirligiga murojaat qilishdi.
TOSHKENT, 10 iyul – Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalq Demokratik partiyasining deputatlari Firdavs Sharipov va Sherzod Rahmonovlar yoʻllarda tezlikni oshirish uchun jarima yozayotgan radarlar naqadar qonuniy oʻrnatilganini tekshirishdi.
Qonunchilikda belgilanishiga koʻra, tezlikni oʻlchovchi radar qurilmalari oshkora oʻrnatilgan va bunday qurilmalar oʻrnatilgan joylarda statsionar yoki vaqtincha ogohlantirish belgilari boʻlishi shart.
Amaliyotda esa, mobil qurilmalar aksariyat hollarda haydovchiga koʻrinmaydigan qilib, ogohlantirish belgilarisiz qoʻllanilmoqda. Undan tashqari YHXB xodimlari tomonidan avtomobillar ichiga oʻrnatilgan radarlar ham koʻplab qoidabuzarliklar bilan foydalanilmoqda.
Oqibatda esa fuqarolar noqonuniy jarima toʻlashga majbur boʻlmoqda, lekin bu bilan yoʻllardagi xavfsizlik darajasi oshgani yoʻq.
“Ochigʻini aytish kerak, “Neksiya-3” avtomobiliga radar oʻrnatib, berkinib “oʻlja poylash”dan kim manfaatdor? Xalqmi yoki YHXB? Bu bahsli va aniqlashtirilishi zarur boʻlgan masala, deb hisoblaymiz”, - deyilgan deputatlar murojaatida.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraktsiyasining bir guruh deputatlari oʻtkazgan oʻrganishlar davomida Toshkent — Andijon (A-373) yoʻnalishida tezlikni oshirmaslik boʻyicha 100 dan ortiq "radar" belgilari oʻrnatilgan. Oʻrganish kunlari (2021 yil 18-19 may) 10 dan ortiq statsionar, koʻchma va mobil “radar”lardan foydalanilayotgani maʼlum boʻldi. Toshkent — Samarqand (M-34 va M-39) yoʻnalishida esa 120 dan ortiq “radar” yoʻl belgilari, oʻrganish kunlari (2021 yil 20-21 may) 20 dan ortiq “radar”lar faoliyat koʻrsatgan.
“Kuni kecha bizning tanqidimizdan soʻng nihoyat Toshkent shahridagi radarlar joylashgan manzillar jamoatchilikka oshkor etildi. Lekin Oʻzbekiston Respublikasi faqat Toshkent shahridan iborat emas-ku, asosiy eʼtirozlar hududlardan, katta magistral yoʻllardan tushayotganiga nahotki masʼul tashkilotlar vakillari panja ortidan qarayotgan boʻlsa?” , - deyilgan murojaatnomada.
Ichki ishlar vazirligi deputatlar va haydovchilarning asosli eʼtirozlariga nisbatan munosabat bildirishlarini soʻrab qolamiz, - deyilgan deputatlar ochiq murojaatida.
Yuqoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda OʻzXDP fraktsiyasi deputatlari Hukumatga quyidagi qatʼiy takliflarni bildiradi:
Birinchidan, yoʻl harakati qoidalari chuqur tanqidiy-tahlildan oʻtkazilishi va shu asosda ularga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritilishi zarur.
Ikkinchidan, avtomobillarda harakatlangan holda maxsus moslamalar bilan tezlikni nazorat qilish amaliyotiga butunlay chek qoʻyish zarur.
Uchinchidan, nafaqat statsionar, balki barcha turdagi radarlarning joylashuvi onlayn rejimda koʻrsatilishi kerak.
Toʻrtinchidan, yoʻllarga radarlarni joylashtirish mezonlari qatʼiy belgilab qoʻyilishi lozim.
Mana shu masalalar hal qilinmasa, radarlar haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligi uchunmi yoki koʻproq jarimalar yigʻish uchunmi, degan savol ochiq qolaveradi, - deyilga xabarda.
YHXBB xabariga koʻra, 2021 yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonda 2960 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan va ularda 770 kishi halok boʻlgan, 2365 kishi jarohat olgan. Aksariyat hollarda YTH sodir boʻlishiga qoʻyidagilar sabab boʻlgan:
tezlikni oshirish - 27,7%;
yoʻllar nosozligi va yetarlicha jihozlanmagani - 15,4%;
yoʻl belgilariga amal qilmaslik -11,6%,
yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketish - 9,7%;
haydovchi tajribasizligi - 6,9%;
rulda uxlab qolish - 6,3%
mast holda avtomobilni boshqarish - 2,6%.
2020 yilda esa Oʻzbekistonda 6982ta yoʻl-transport hodisasi roʻy berib, ularda 1689 kishi halok boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala