Tanzila Narbayeva Rossiya elchisi bilan parlamentlararo hamkorlikni muhokama qildi

© Xalk SuziTanzila Narbayeva vstretilas s Olgom Malgiovim
Tanzila Narbayeva vstretilas s Olgom Malgiovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
Obuna bo‘lish
Narbayeva va Malginov O‘zbekiston-Rossiya parlamentlararo hamkorligini yanada mustahkamlash, xalqaro parlament tuzilmalari doirasida hamkorlik masalalari muhokama qilishdi.
TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva 9-iyul kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Xalq so‘zi xabariga asosan.
© Xalk SuziTanzila Narbayeva vstretilas s Olgom Malgiovim
Tanzila Narbayeva vstretilas s Olgom Malgiovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
Tanzila Narbayeva vstretilas s Olgom Malgiovim
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning samarali faoliyatini, ikkala mamlakat parlamentlarining oliy darajada savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda erishgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘zaro hamkorligini ta’minlash hamda mintaqalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Oleg Malginov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlarni, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jadal sur’tlarda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
Yangiliklar lentasi
0