Hodisalar

Tojikistonda yer qimirlashida 5 kishi qurbon boʻldi

© REUTERS / Thanos FloulisRazrushennыy dom vsledstviye zemletryaseniya v Gretsii
Razrushennыy dom vsledstviye zemletryaseniya v Gretsii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Tojikiston shimolida sodir boʻlgan yer qimirlashida 5 kishi qurbon boʻldi, ikki kishi jarohatlandi va 19ta uy zarar koʻrdi.
TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Tojikiston shimolida sodir boʻlgan yer qimirlashida 5 kishi qurbon boʻldi deb xabar qilmoqda FV qoʻmitasi raisi Umeda Yusufi, RIA Novosti xabariga asosan.
“Soat 07:14da sodir boʻlgan yer qimirlashi epitsentri Dushanbedan 165km shimoli-sharqda, Rasht tumanidan 21 km sharqda joylashgan edi. Silkinish magnitudasi epitsentrda 6 ball, Dushanbeda – 3 ballni tashkil qildi”, - dedi Yusufi.
Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi raisining soʻzlariga koʻra, qurbon boʻlganlar Tojikobod tumani Langari Shox qishlogʻi aholisi.
Shuningdek, Rasht tumani Xodjborak jamoatida ikki nafar oʻsmir yer qimirlashi oqibatida jarohat olgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yer qimirlashi oqibatda ikki qishloqdan 19ta uy zarar koʻrgan. Prezident Emomali Rahmon topshirgʻiga koʻra, ushbu vaziyat yuzasidan bosh vazir raisligida maxsus komissiya tuzilgan va voqea joyiga yoʻl olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala