"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?

© AP Photo / Rahmat GulVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
Obuna bo‘lish
"Tolibon"* harbiy-diniy harakati AQSh boshchiligidagi koalitsiyani Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqib ketishga majbur etdi.
Bugun toliblar mamlakatda hokimiyatni egallab olishga intilmoqda - ular hukumat kuchlari bilan shiddatli janglar olib borib, aksariyat provinsiyalar ustidan nazorat o‘rnatishgan. Shu bilan bir vaqtning o‘zida terrorchilik uyushmasi xalqaro sahnada legitimlik(qonuniylik)ni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
Toliblar delegatsiyasi 8-iyuldan boshlab Moskvadagi muzokaralarda ishtirok etmoqda. Xuddi shu vaqtning o‘zida general-polkovnik Anatoliy Sidorov rahbarligidagi KXShT tezkor guruhi bevosita tojik-afg‘on chegarasida rekognossirovkani (ehtimoliy jang oldidan hududning ko‘zdan kechirilishi) o‘tkazdi, Rossiya TIV esa Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi vaziyat o‘tkir tus olgudek bo‘lsa, shiddatli harakatni boshlash uchun barcha zarur narsalarga egaligi haqida bayonot berdi. Podmoskovyeda 9-iyul kuni chet el fuqarosi - teraktni rejalashtirgan ID* jangarisi qo‘lga olindi. Paradoksal tarzda bu voqealarning barchasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
“Tolibon”* yana bir chegara punktini egallab oldi
Shayx Shahobuddin Delavar boshchiligidagi to‘rt kishidan iborat "Tolibon"* delegatsiyasi Rossiya tomoni bilan Afg‘onistondagi joriy vaziyatni muhokama qilish uchun Moskvaga yetib keldi. Fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi va Rossiya Islom Respublikasi shimolida avj olgan vaziyatdan xavotir bildirdi. Sakkizinchi iyul kuni harakat rasmiy vakili Muhammad Sohayl Shaxin toliblar Afg‘oniston hududidan Rossiya va qo‘shni davlatlarga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymasliklari haqida bayonot berdi. Moskva "Tolibon"* harakati tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari chegaralari buzilmasligi va Afg‘oniston hududidagi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari xavfsizligi kafolatlanishi haqida va’dalarni oldi.
Shu bilan birga, 8-iyulga kelib xorijiy qo‘shinlarni mamlakatdan olib chiqish ishlari deyarli yakunlandi, Afg‘onistonda Qobuldagi AQSh elchixonasini qo‘riqlayotgan taxminan 600 ga yaqin AQSh dengiz piyoda askarlari qoldi. AQSh prezidenti Jo Bayden radikal "Tolibon"* 2001-yildan beri harbiy jihatdan eng qudratli kuchga aylangani haqida bayonot qildi (Pentagonning 20-yillik harbiy harakatlari natijasi shu ekani aniq). Harakatning Kobuldagi amaldagi hukumat bilan tinchlik muzokaralari haqida (2020 yil 29-fevralda Dohada AQSh va Tolibon * o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan) so‘nggi kunlarda eslash taqiqlangan.
Afganistan v ogne: zaxvatat li talibi Pandjsherskoe ushelye i vsyu stranu?
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
“Tolibon”* Panjshir darasini va butun mamlakatni egallab oladimi?
Toliblar AIR hududining 70 foizga yaqinini, jumladan chegara oldidagi shimoliy tumanlarni nazorat qilishmoqda va bugun mamlakatning aholi soni bo‘yicha eng yirik shahri hisoblangan janubiy shahar - Qandahorga kirib borishdi. Koalitsiya mamlakatni tark etgach, harakat g‘alabasi yaqin va muqarrardir, bu toliblar siyosiy ofisining "yaxshi niyatlari"ga qaramay qo‘shni davlatlarga yangi turbulentlik davrini va’da qilmoqda.

Chegara holati

KXShT Birlashgan shtabining tezkor guruhi general-polkovnik Anatoliy Sidorov rahbarligida Moskvadan Tojikistonga yetib bordi va vertolet bortidan hamda yerning o‘zida tojik-afg‘on chegarasining havotirli uchastkalaridagi vaziyatni o‘rganmoqda (bu uchastkalarning 900dan ortiq kilometri janubdan toliblar tomonidan nazorat qilinadi). "Kalay-Xumb", Afg‘oniston hukumat armiyasi harbiy xizmatchilarining eng ko‘p ommaviy o‘tadigan tumaniga ayniqsa katta e’tibor qaratilgan.
Sovmestnie ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystvie-2019 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Ertaga urush bo‘lsa: ODKB operguruhi tojik-afg‘on chegarasida ishlamoqda
KXShT matbuot-xizmatining Sputnik agentligiga bergan xabariga ko‘ra, general-polkovnik Anatoliy Sidorov Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining tojik-afg‘on chegarasida xavfsizlikni ta’minlashga doir tayyorgarligini yuqori baholagan. Tezkor guruh KXShT formatida birgalikdagi choralar bo‘yicha takliflarni tayyorlamoqda. Shu bilan birga Moskva ittifoqdoshlarga nisbatan tajovuzkor harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida 201-Rossiya harbiy bazasi kuchlaridan foydalanishi mumkin.
KXShTning ehtiyot choralari tahdidlarga mos keladi. Tinchliksevar tashqi siyosiy bayonotlarga qaramay, "Tolibon"* "ID"* va "Al-Qoida"* bilan munosabatlarni uzmayapti. Afg‘oniston hududida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga qo‘shni davlatlarga tahdid soladigan o‘ziga xos "uchlik ittifoqi" (yoki simbioz) mavjud. Toliblarning shimoliy viloyatlar - Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralari bo‘ylab faolligi - o‘z faoliyatlari(ekspansiya)da hech qanday chegaralarni tan olmaydigan boshqa o‘ttizga yaqin terrorchilik uyushmalari uchun qulay zamin yaratmoqda. Ta’kidlash joizki, Rossiyaning turli regionlarida ID* jangarilari muntazam ravishda zararsizlantiriladi.
Mejafganskie peregovori nachalis v Katare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
Tolibon* Moskvada MO davlatlari chegarasidan o‘tmaslikka va’da berdi
Moskvada Tolibon Afg‘onistonning "butun hududida hukmronlik qilish" maqsadini qo‘ymasligini va muloqot orqali "mustaqil va erkin Islom davlati tizimini" yaratishga tayyor ekanligini bildirdi. Shu bilan birga, "Tolibon"* saylovlarni mohiyatan asos qilib bo‘lmaydigan deb hisoblaydi va ilohiyotchilar bilimlariga asoslangan tamoyillarga tayangan kuchli va barqaror "sof islom hukumati"ni tashkil toptirish tarafdoridir. Toliblar boshqa hech qanday tizimni qabul qilmasliklarini ta’kidlashmoqda.
Radikal islomga e’tiqod qilar ekan, "Tolibon"* butun Afg‘onistonni - qat’iy diniy tamoyillar asosida boshqariladigan amirlikka aylantirishga intilmoqda. Shu jumladan, erkaklar uchun soqol, ayollar uchun paranji, maktablar faqat o‘g‘il bolalar uchun, kichik huquqbuzarliklar uchun oyoq-qo‘llarni kesib tashlash, "Tolibon" qonunlarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun qatllarni majburiy joriy etish harakatida, dunyoviy radio, televidenie, kino va teatrlarga to‘liq taqiq qo‘yilishi haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2020
Afg‘on qiz ota-onasini o‘ldirgan ikki nafar “Tolibon”* jangarisini otib tashladi
Esimda, Afg‘onistonga ish safariga borganimda, Qobulda ishlaydigan ozg‘indan kelgan o‘qituvchi ayol toliblar qanday qilib 1996-yilda hokimiyat tepasiga kelgani, universitetga bostirib kirib, uni va boshqa hamkasblarini - ular rus tilidan saboq berishayotgani uchun shafqatsizlarcha kaltaklashgani haqida so‘zlab bergan edi. Qobulni yangitdan egallab olgach esa, jangarilar "qurolni yerga sanchib qo‘yib", shudgor qilish, ekin ekish, qurilish ishlari, xullas, yaxshilik va ezgulik targ‘iboti bilan shug‘ullanishlariga gumon qilasan kishi. Toliblar chorak asr davomida raqiblarini avtomatlardan o‘qqa tutib kelishadi va vatandoshlar bilan tortishuvlarda boshqacha dalillarni allaqachon unutishgan.
Shubhasiz, ushbu shafqatsiz (o‘rta asr) hukumat afg‘on zaminida butun boshli bazalar va o‘quv lagerlari bilan "Al-Qoida"ga yaqin bir tizimni "jonlantiradi". Raqib ID* tuzilmasi ham Afg‘onistondagi ta’sirini kengaytiradi, bu esa turli mamlakatlardagi yangi terrorchilar uchun "magnit" vazifasini o‘taydi.
"Tolibon"* bilan tuzilgan har qanday tinchlik shartnomasi yoki "tajovuz qilmaslik haqida pakt" hech kimga xavfsizlikni kafolatlamaydi, aksincha, bu katta muammolarni va’da qiladi. Sharq - bu Sharq. Bugunni yaxshiroq anglash va Afg‘oniston hamda uning qo‘shnilari kelajagini bashorat qilish uchun "shogirdlar" a’zo bo‘lgan tashkilotlarning o‘tmishiga nazar solish kerak.

G‘arb taslim bo‘ldi, Sharq asirlarni olmayapti

Yaqin vaqtlarga qadar "Tolibon"* Afg‘oniston hududining yarmidan ko‘prog‘ini, 15 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan territoriyani nazorat qilardi. Bu provinsiyalarda rasmiy hokimiyat vakillari asosiy shaharlarda bo‘lgan, "qal’a devorlari" tashqarisidagi hudud esa toliblar va ularning ittifoqchilariga tegishli bo‘lgan. "O‘zlariga tegishli" yerlarda jangarilar soxta davlat tuzilmalarini tashkil etishar, shoshilinch sudlarni o‘tkazar hamda soliqlar va to‘lovlarni undirishardi. Nazorat ostida bo‘lgan firmalar Afg‘onistonni rekonstruksiya qilish uchun mo‘ljallangan G‘arb mablag‘laridan foydalanish imkoniga ega edi.
Markaziy Osiyo “amerika” afg‘onlarini nima qilishi kerak?
Jangarilar ikki yil oldin hududining 80 foizini nazorat qilgan Gilmend provinsiyasidagi ko‘knori plantatsiyalaridan ham katta mablag‘ kelib tushadi. Afun xomashosi toliblar daromadining 60% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Eslatib o‘taman, "Tolibon"* 2010-yildan keyin dala qo‘mondonlariga geroin ishlab chiqarish va sotishga ruxsat bergan. Yig‘ilgan mablag‘ qurol sotib olish uchun hamda o‘qchi jangchilar ehtiyojlariga sarflanardi. Gumanitar soha esa - Qobulga tashlab qo‘yilgan edi.
Mamlakat hududidagi jangovar harakatlar va terraktlar aniq "mavsumiy" xarakterga ega edi. 2021-yil bahorida xorijiy qo‘shinlarning chiqarilishi "Tolibon"ning "ikkinchi nafasini" ochib yubordi, aksariyat provinsiyalarda shiddatli janglar boshlandi va bu janglardan maqsad - hukumat kuchlarini butunlay yo‘q qilish edi. Amerikaliklar bilan hamkorlik qilgan vatandoshlarni esa shunchaki qatl etishadi (bu borada "Tolibon"* va ID* o‘rtasidagi farq unchalik katta emas).
"Yangi toliblar" - 1990-yillarning fanat talabalari emas, balki ulkan jangovar tajribaga ega bo‘lgan, yaxshi jihozlangan professionallar otradlaridir. Zamonaviy qurol-yarog‘, tungi ko‘rish moslamalari, artilleriya olovini lazerli boshqarish tizimlari va yengil minomotlarga o‘n millionlab dollar sarmoya tikilgan. Xorijdan harbiy instruktorlar yollanadi. Toliblar Afg‘oniston hududida muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun kamida 16 ta maxsus ixtisoslashgan o‘quv bazalariga ega.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2020
Afg‘on qozoni qaynamoqda: Amerikaliklar ketmoqda, tolibon qurollanmoqda
Bugungi kunda jangarilar dron ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan. Harakat og‘ir zirhli texnika va shturm aviatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan muntazam bo‘linmalarga qarshi murakkab operatsiyalarni amalga oshirishga qodir. Boshqaruv vertikali, markazlashtirilgan harbiy rahbariyat, ofitser kadrlar va texnik mutaxassislarni tayyorlash tizimi va yagona logistika yaratilgan.
NATO razvedkasi shunday ta’kidlagan: "Strategiya va taktika tahlili, puxta rejalashtirish va takomillashtirish, ya’ni yaxshi tashkil etilgan shtab ishi "Tolibon"da odatiy va keng tus olgan holatga aylandi". Bu professional armiya. Iyun-iyul oylarida ko‘plab uyezdlar janglar natijasida emas, balki muzokaralardan so‘ng toliblar qo‘liga o‘tgani bejizdan emas - hukumat kuchlari jang qilishni shunchaki xohlamaydilar. Shoshilinchda Bagram aviabazasida 30 ta tank, 50 ta zirhli texnika va 800 dan ortiq boshqa transport vositalarini tashlab ketgan amerikaliklar singari.
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Lavrov Afg‘onistonga qo‘shin kiritilishi haqida bayonot qildi
Obro‘li nemis nashri bo‘lgan Die Zeit dan iqtibos: "Afg‘onistonda urush boshlanganidan 20-yil o‘tib AQSh boshchiligidagi G‘arb taslim bo‘ldi". Ammo Afg‘oniston tarixi shu yerda yakun topmaydi. G‘alaba hamisha yangi jasoratlarga ilhomlantiradi. Toliblar aynan qayerda to‘xtashadi, hech kimga ma’lum emas. "Islom amirligi" ekspansiyasi uchun shimoliy yo‘nalish ancha qulay bo‘lishi mumkin. "Tolibon"* yetakchilari "imkoniyatlar yo‘lagi"ni aniqlashtirib, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbariyatiga tashqi siyosiy maslahatlarni berishga harakat qilishmoqda, Janubiy Kavkazdagi arman-ozarbayjon mojarosida o‘zlarining shaxsiy pozitsiyalarini belgilashmoqda. Vaqt o‘tib "Tolibon"* O‘zbekiston, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida ham o‘zining anchagina tarafdorlarini topishi mumkin.
Agar 1990-yillarning ikkinchi yarmida toliblarni Afg‘oniston shimolida etnik o‘zbek Rashid Do‘stum va etnik tojik Ahmad Shoh Masudning bo‘linmalari to‘xtatgan bo‘lsa (albatta Toshkent va Dushanbe ko‘magi bilan), endi esa xalqni birlashtiradigan yetakchilar va shaxslar yo‘q (Do‘stum yosh emas, yaralangan va chet elda davolanmoqda). KXShT mamlakatlari, Eron, Pokiston va Xitoy ekspertlari tomonidan urushning radikal ssenariylari tahlil qilinmoqda.
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2020
Qobul toliblar iskanjasida: Afg‘oniston MOda qanday qilib "tayanch nuqta"ni topa oladi
Ammo Qandahorga qaytamiz. Rasmiy versiyaga ko‘ra, bu yerda 1994-yilda sobiq mujohid mulla Muhammad Umar radikal kayfiyatdagi islomiy talabalarning kichik bir guruhi - "Allohning shogirdlari" ni to‘plab, ularni Islomni tozalash va mamlakatda xudoga yoqadigan hokimiyatni o‘rnatish yo‘lida jangga kirishishga chorlaydi. Ikki yil o‘tib, toliblar Qobulni egalladi. Ko‘plab ekspertlar "mujohidlarga qarshi" harakatning bunchalik tez "ko‘tarilishida" Pokiston maxsus xizmatlarining qo‘li bor deb bilishadi. Keyinchalik ham Pokiston hukumati o‘nlab yillar davomida toliblarni qurol bilan ta’minlagan bo‘lsa, mablag‘ni - Saudiya Arabistoni berib turdi. Albatta, ularning o‘z manfaati bor edi - Afg‘onistonni zaiflashtirish, o‘z ta’sirini kuchaytirish va Markaziy Osiyodagi postsovet mamlakatlardan tushadigan dividendlarni oshirish.
Bugungi kunda strategik va siyosiy qarorlarni "Tolibon"*ning 18 kishidan iborat (vazirlar, diplomatlar, gubernatorlar, harbiy qo‘mondonlar va diniy rahbarlar) maslahat kengashi qabul qiladi. Harbiy, madaniy, moliyaviy, ma’rifiy komissiyalar, shuningdek razvedka komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va sudlar komissiyasi taktika va amalga oshirish uchun mas’uldir. 2021-yil namunasidagi "Tolibon"* harakatining noaniq va shu bilan birga ehtimoliy tashqi nazorati Afg‘onistondagi mojaroning oldindan aytib bo‘lmaydiganlik darajasini yanada kuchaytiradi.
* – Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0