Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan chegara oldidagi Termiz qanday hayot kechirmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilishidan soʻng u yerda “Tolibon”* vakillari faollashdi. Ular chegaraning deyarli asosiy qismini nazorat qilmoqda va bu MOda xavotirga sabab boʻlmoqda. Oʻzbekiston vaziyatni kuzatmoqda va hammasi oʻz iziga tushishiga umid bildirmoqda.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Ramiz Baxtiyarov. Afgʻonistonda vaziyat keskinlashgan. Avvalgidek hukumat kuchlari va toliblar qarama-qarshiligi kuzatilmoqda. “Tolibon”* vakillari 70 foizgacha davlat chegarasini, jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan chegarani nazorat qilmoqda.
Moskvadagi muzokaralarda boʻlib turgan harakat vakillari qoʻshni davlatlarga hujum qilmaslikka vaʼda berib, giyohvand moddalari va qurol kontrabandasiga qarshi kurashishga ishontirishmoqda. Shu bilan birga toliblar yuklarning tranzit tashilishiga kafolat bermoqda.
Ammo mintaqa mamlakatlari vaziyat yanada keskinlashgan taqdirda toʻliq shay holda turibdi: KXSHT mutaxassislari maslahatlashuv va qoʻshma mashgʻulotlarni oʻtkazmoqda, Oʻzbekiston va Tojikiston mudofaa idoralari vaziyatni nazorat qilmoqda.
Afgʻonistonga eng yaqin boʻlgan Termiz shahri qanday hayot kechirmoqda? Mahalliy aholi tashvishga tushganmi, evakuatsiya belgilari yoki boshqa xavotirga sabab boʻluvchi holatlar kuzatilyaptimi – Sputnik muxbiri bularni oʻrgandi.

Termizda xotirjamlik hukmron

Chegara yaqinida joylashgan Termiz shahri, koronavirus kiritgan ayrim cheklovlarni hisobga olmaganda, odatdagidek hayot kechirmoqda. Shaharda biror bir vahima yoki xavotir koʻzga tashlanmaydi. Hamma doʻkon va tashkilotlar odatiy tarzda ishlayapti. Faqat chegaradagi oʻtkazish punktidagi cheklovlarni tilga olish mumkin, bu ham koʻproq pandemiya bilan bogʻliq.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Shaharda qoʻshni Afgʻonistondan boʻlgan ishbilarmonlar talaygina. Ularning u yerda doʻkon yoki barlari bor.
Ishbilarmonlar oʻz mamlakatidagi vaziyatni xotirjamlik bilan baholashadi va amerikaliklar ketgandan keyin Afgʻonistondagi nizo barham topishiga va Oʻzbekistonga yana sayyohlar va janubdan qarindoshlari kelishiga umid qilishmoqda.
Shaharda hech qanday pasport nazoratining kuchaytirilishi yoki komendatlik soati yoʻq – hamma bamaylixotir bir joydan boshqa joyga borib kelib yuribdi. Bozorlar, savdo markazlari, AYOQShlar, bolalar bogʻchasi, restoranlar, transport odatdagidek ishlamoqda. Asosiysi – koronavirusdan himoyalanish uchun sanitariya va karantin talablariga qilmoq.

Afgʻon taʼtillari

Termizda mana bir necha yildir 186 nafar afgʻonistonlik talabalar tahsil oladigan oʻquv markazi faoliyat yuritadi. Oliygoh rahbarining maʼlum qilishicha, oʻquv yili yakunlanishi bilan 111 nafar talaba taʼtilni oʻtkazish uchun oilalari bagʻriga qaytishgan.
Markaz direktori Oybek Roʻziyevning soʻzlariga koʻra, talabalar bilan muloqot qilib turibdi, ularning bari oʻz uylariga yaxshi yetib olishgan. Hozir oʻquv vazifalarini bajarishmoqda. U yerda hech qanday muammo yoki qoʻrqish uchun sabab yoʻq.
“Hozir ularning asosiy vazifasi – taʼlim olish va yetuk mutaxassis boʻlish, kelajakda oʻz malaka va koʻniklaridan oʻz mamlakatlaridagi temir yoʻl va taʼlim sohalarida foydalanish. Ular Afgʻonistondagi ichki siyosiy vaziyat bilan qiziqishmaydi va shugʻullanishmaydi. Agar ular uylariga ketishni istashmasa, ularga hatto taʼtil vaqtida bu yerda qolishni taklif qildik. Yaʼni Afgʻonistondagi soʻnggi vaziyatlar tufayli ulardagi bezovtalik va qoʻrqishni koʻrmadik”, - deydi Roʻziyev.
U Afgʻonistondagi barqarorlik nafaqat qoʻshni respublika fuqarolarining oʻzi, balki umuman butun mintaqa uchun muhimligini qoʻshimcha qildi. Mamlakatning ulgan savdo-iqtisodiy va tranzit salohiyati mavjud. Ulardan bozorning barcha ishtirokchilarining farovonligi yoʻlida foydalanish mumkin.
Afgʻonlararo mojaroga toʻxtaladigan boʻlsak, oʻquv markazi rahbarining ishonchi komilki, uni faqat diplomatik va tinchlik yoʻli bilan hal qilish mumkin va u hech qanday kuch yoʻli bilan hal qilinmasligi darkor.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Oʻzbekistonda qolgan afgʻonistonlik talabalar ham kelajakka umid bilan qarashmoqda va oxir-oqibat janjallashayotgan tomonlar oʻzaro kelishib olib, Afgʻonistondagi koʻp yillik urushga nuqta qoʻyishlariga umid qilishmoqda.
“Men boʻlajak temiryoʻlchi sifatida mamlakatimiz gullab-yashnashi, yangi infratuzilmalar qad rostlashini istayman. Yagona Afgʻonistonni bunyod etmoq zarur”, - deydi talabalardan biri.

Yuk mashinalar karvoni

“Termez Kargo Tsentr” MCHJ Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan yirik logistik terminaldir. U besh bildan buyon faoliyat yuritadi va bosqichma-bosqich hajmlarni koʻpaytirmoqda. Afgʻoniston yildan-yilga yanada istiqbolliroq yoʻnalish boʻlib bormoqda. Hozir asosan mavsumiy mevalar va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tashilmoqda. Pokistondan Afgʻoniston orqali kartoshka keltirilmoqda, Oʻzbekistodan janubga loviya, noʻxat va boshqa mahsulotlar ortilgan yuk mashinalari yoʻl olmoqda.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Markaz birdagina bir nechta vazifani bajaradi: bojxona koʻrigi, yuklash-tushirish ishlari, terminal omborlarida tovarni saqlash hamda yuklashlarga ishlov berish va ularni avtomobildan temir yoʻl transportiga keyin boshqa mamlakatlarga joʻnatish yuklash.
“Afsuski, Afgʻonistondagi vaziyat ishimizni biror toʻxtatib qoʻydi. – hajmlar tushib ketdi. Biroq biz bir oydan keyin yuk tashish ishlari avvaldidek qayta tiklanadi deb oʻylayapmiz”, - deydi “Termez Kargo Tsentr” direktori Nodirbek Jalilov.
Shu bilan birga tranzit davom etmoqda va hech qanday toʻliq blokada kiritilmayapti.

Oʻtkazish punktidagi vaziyat: begonalarning kirishi taqiqlanadi

Oʻzbek-afgʻon chegarasidagi nazorat oʻtkazish punkti ayrim cheklovlar bilan ishlamoqda. Ular avvalo karantin choralariga bogʻliq, lekin qoʻshni mamlakatdagi vaziyat ham oʻz hissasini qoʻshmoqda.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Oʻzbekistonga asosan biznes vizasi bor tadbirkorlar, xorijiy davlatlarning diplomatik raqamlari bor avtomobillar kirishi mumkin.
Shuningdek, oʻtkazish punkti orqali logistik markaz sari borayotgan yuk transporti oʻtkazilmoqda. Oʻzbekistondan Afgʻonistonga oʻtishning ham imkoni bor, lekin buning uchun jiddiy asoslar kerak, masalan, oilaviy vaziyat yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlar.
Chegarada vaqti-vaqti bilan sariq afgʻon raqamlari boʻlgan mashinalar paydo boʻladi – bu xarid qilish uchun yoki oʻz ishlari bilan Oʻzbekistonga kelayotgan tadbirkorlar. Chegarada vataniga qaytayotgan Afgʻoniston fuqarolarini ham koʻrish mumkin.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Umuman olganda Termizda vaziyat tinch. Amudaryoning qarama-qarshi sohilida joylashgan Xayraton osuda boʻlib koʻrinadi.
Koʻpchilik Markaziy va Janubiy Osiyodagi vaziyatga bagʻishlangan konferentsiyadan keyin biror bir oʻzgarishlar boʻlishini kutmoqda. Xalqaro anjumani 15-16 iyul kunlari Toshkentda boʻlib oʻtadi. Unda mintaqa davlatlari TIV rahbarlari ishtirok etadi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning tashrifi kutilmoqda. Munozaralarda ishtirok etish niyatini Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani ham bildirgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlagan terrorchilik tashkiloti
© Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala