Rossiya

Moskvada koronavirusga qarshi emlangan xorijliklar soni ochiqlandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 v Lujnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Moskvada jami 68 ming chet elliklar koronavirus infektsiyasiga qarshi emlandi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Moskvada 68 ming nafarga yaqin chet ellik fuqarolar koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, “Lujniki”dagi eng yirik emlash punktining toʻrt kunlik ishi davomida 24 ming xorijlik emlangan.
“Emlash markazi kuniga ikki baravar koʻproq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishga tayyor. Poytaxtda jami 68 ming chet elliklar koronavirus infektsiyasiga qarshi emlandi”, - deyilgan xabarda.
Tsentr vaktsinatsii ot COVID-19 na stadione Lujniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Kolumnistlar
Moskvada xorij fuqarolarini ommaviy emlash qanday tashkil qilingan?
7 iyul kuni asosan xorijliklarni emlash uchun “Lujniki” stadionida yangi kovidga qarshi emlash markazi ochilgan edi. Mehnat migrantlari tashkillashtirilgan holda “Saxarovo” migratsiya markazi, “Sadovod” savdo markazi hududida ham emlanishi mumkin. Bundan tashqari, xorijliklar uchun Moskvadagi 25 ta poliklinikada emlash ishlarini amalga oshirilmoqda.
Ular uchun bir komponentli “Sputnik Layt” vaktsinadan foydalaniladi. Narxi 1300 rublni tashkil edi. Vaktsina pulini ish beruvchi toʻlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala