Hodisalar

Olmaliqda sotuvchilar oʻrtasidagi pichoqbozlik oʻlim bilan yakunlandi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNoj v ruke
Noj v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
“Olmaliq dehqon bozori” MCHJ hududida uch kishi oʻzaro gap talashishgan.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida aka-uka va boshqa bir yigit oʻrtasida janjal yuzaga kelgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, janjal 8 iyul kuni roʻy bergan. “Olmaliq dehqon bozori” MCHJ hududida meva va poliz mahsulotlari sotish bilan shugʻullanuvchilar aka-uka 29 yoshli B. va 22 yoshli I. 25 yoshli K. bilan oʻzaro gap talashishgan.
Utrenniy tuman vo Vladivostoke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Jamiyat
Toshkentda shar sotuvchi joy talashib, oʻz raqibini pichoqladi
Janjal vaqtida K. qoʻli bilan B.ni urgan vaqtida janjalga I. (B.ning ukasi) qoʻshilgan va qoʻlida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan K.ning koʻkrak qismiga bir marotaba urgan.
Tan jarohati oqibatida jabrlanuvchi K. Olmaliq shahar tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "j" bandi (oʻta shafqatsizlik bilan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala