Video

Termizdagi Afgʻoniston bilan chegaradosh Oxunboboyev qishlogʻidan reportaj

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Oxunboboyev qishlogʻi Afgʻoniston bilan chegaradosh. U yerdagi Ayritom mahallasidan Doʻstlik koʻprigi, yaʼni Xayraton va Termizni bogʻlab turuvchi koʻprikni koʻrish mumkin. Qoʻshni davlatdagi vaziyat keskinlashishiga qaramasdan qishloq aholisi odatdagidek tinch-osuda hayot kechirmoqda. Oʻzbekistonlik chegarachilar davlat chegarasini tunu kun qoʻriqlamoqda.
Ayritom mahallasi raisining soʻzlariga koʻra, qishloqdagi vaziyat tinch. Afgʻonistonda "Tolibon"* vakillari bilan boʻlayotgan voqealarning ziyoni yoʻq va bu xalqqa ham tushuntirilmoqda.
"1978 yillarda Afgʻonistonda urush boʻlganda ham biror kishib koʻchib ketmagan edi. Ular yashashda davom etishini aytishgan. Nimaga deganda, (bizni himoya qiladigan - tahr. ) harbiylarimiz bor, davlatimiz bor. Bizda hech qanday xavf yoʻq", - deydi u.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan chegara oldidagi Termiz qanday hayot kechirmoqda
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala