Siyosat

Toshkent Pokiston bosh vazirining tashrifiga tayyorgarlik koʻrmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPremyer-ministr Pakistana Imran Xan
Premyer-ministr Pakistana Imran Xan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Pokiston bosh vaziri Imron Xon iyul oyida Oʻzbekistonga keladi.
TOSHKENT, 11 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari Sardor Umurzakov Pokiston bosh vaziri Imron Xonning rasmiy tashrifiga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan videokonferentsiya shaklida yigʻilish oʻtkazdi.
Taʼkidlanishicha, oliy darajadagi tashrif arafasida qator ikki tomonlama iqtisodiy tadbirlar, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi, Oʻzbekiston˗Pokiston biznes forumi va Oʻzbekiston-Pokiston Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
Vstrecha A.Kamilova s glavoy MID Pakistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Siyosat
Abdulaziz Kamilov Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Rahbariyat tomonidan investitsiya, savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va madaniy-gumanitar hamkorlik sohalarida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va qoʻshma loyiha hamda tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishish maqsadida yangi yoʻnalishlarni ishlab chiqishni nazarda tutib, rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish va ularning samaradorligini taʼminlash vazifasi qoʻyilgan.
Qayd etilishicha, biznes-forumda Pokiston ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, jumladan, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati, axborot-kommunikatsiya sektori, logistika, qurilish, elektrotexnika, farmatsevtika va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etadi. Tadbirda investitsiya va savdo kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, Pokistonning yirik banklari ham qatnashishi kutilmoqda.
Mamlakat vazirliklari, idoralari, sanoat birlashmalari va hududlari rahbarlari oldiga Pokiston kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish va aniq investitsiya loyihalari va qatʼiy savdo bitimlarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Shuningdek, mahalliy tadbirkorlar, ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilish va pokistonlik salohiyatli hamkorlar bilan tegishli kelishuvlarga erishishda ularga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Shavkat Mirziyoyev privetstvuyet  Imrana Xana na sammite v rejime videosvyazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Siyosat
Oʻzbekiston va Pokiston transport-logistika sohasida hamkorlikni chuqurlashtiradi
Tijorat banklari rahbarlariga hamkorlikka oid aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida pokistonlik hamkasblari bilan bevosita oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini ishga solish topshirigʻi berildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pokiston bosh vaziri Imron Xon iyul oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgani maʼlum boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala