Siyosat

Abdulaziz Kamilov Dushanbega boradi

© MID UzbekistanaMinistrы inostrannыx del Uzbekistana i Tadjikistana Abdulaziz Kamilov i Sirodjiddin Muxriddin proveli politicheskiye konsultatsii
Ministrы inostrannыx del Uzbekistana i Tadjikistana Abdulaziz Kamilov i Sirodjiddin Muxriddin proveli politicheskiye konsultatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Yigʻilishda Afgʻonistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga SHHTning koʻmaklashishi borasida fikr almashiladi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. 13-14 iyul kunlari Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahriga safar qiladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kamilov u yerda boʻlib oʻtadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.
Uchrashuv chogʻida Tashkilot doirasidagi boʻlajak tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, Afgʻonistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga SHHTning koʻmaklashishi borasida fikr almashiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala