Abdulaziz Kamilov Dushanbega boradi

© MID UzbekistanaMinistri inostrannix del Uzbekistana i Tadjikistana Abdulaziz Kamilov i Sirodjiddin Muxriddin proveli politicheskie konsultatsii
Ministri inostrannix del Uzbekistana i Tadjikistana Abdulaziz Kamilov i Sirodjiddin Muxriddin proveli politicheskie konsultatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga ShHTning ko‘maklashishi borasida fikr almashiladi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. 13-14 iyul kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahriga safar qiladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kamilov u yerda bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Uchrashuv chog‘ida Tashkilot doirasidagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni siyosiy jihatdan hal qilish jarayoniga ShHTning ko‘maklashishi borasida fikr almashiladi.
Yangiliklar lentasi
0