Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistondagi Rossiya bosh konsulxonasi diplomatlari Oʻzbekistonga koʻchirildi

© AFP / MASSOUD HOSSAINIFlag Afganistana
Flag Afganistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Rossiyaning Mazori Sharifdagi bosh konsulxonasi “vaziyat oydinlashgunicha” yopilgan edi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Rossiyaning Mazori Sharifdagi bosh konsulxonasi diplomatlari vaqtincha Oʻzbekistonga eson-omon koʻchirildi. Bu haqda RIA Novostiga Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Yusuf Kabuljanov maʼlum qildi.
“Hozirda Rossiya Federatsiyaning Xayratondagi konsullik muassasida ishlagan diplomatlari eson-omon Oʻzbekiston hududiga olib kelinganini tasdiqlayman”, - degan TIV vakili.
Avvalroq Afgʻonistonning 1TV News telekanali “Tolibon”* harakati jangarilari faollashgani sabab Mazori Sharifdagi Turkiya, Pokiston va Eron konsulxonasi faoliyatini vaqtincha toʻxtatgani haqida xabar bergan edi. Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi mamlakatning Mazori Sharifdagi bosh konsulxonasi “vaziyat oydinlashgunicha” yopilganini maʼlum qilgan edi.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qoʻyilmasligi kerak –Asadov
Afgʻonistondagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat joriy yil aprelida AQSH prezidenti Jo Baydenning mamlakatdan Amerika qoʻshinlari olib chiqib ketilishi haqida bayonot bergandan soʻng keskin yomonlashdi. 6 iyul holatiga koʻra, AQSH oʻz qoʻshinlarining 90 foizidan ziyodini olib chiqib ketishga ulgurgan. Afgʻonistondan NATOning boshqa davlatlari ham harbiylarini olib chiqib ketmoqda.
Buning ortidan “Tolibon”* Afgʻonistonning qator hududlariga hujum qilib, ularni egallab olishga urinmoqda. Hozirda Afgʻonistonning bir necha oʻnlab tumanlari toliblar nazorati ostiga oʻtib ketgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Tojikiston bilan chegarada oʻz bayrogʻini oʻrnatdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala