Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qoʻyilmasligi kerak –Asadov

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSituatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashgandan buyon bir necha bor qoʻshni davlatning qurollangan harbiylari Oʻzbekiston chegarasini noqonuniy buzib oʻtmoqchi boʻlgan.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston davlat chegaralari daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qoʻyilmasligi kerak. Bu haqda 12 iyul, dushanba kuni oʻtkazilgan brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Uning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonda vaziyat keskinlashgandan buyon bir necha bor qoʻshni davlatning qurollangan harbiylari mamlakat chegarasini noqonuniy buzib oʻtmoqchi boʻlgan. Shu paytga qadar ularning umumiy soni 150 kishiga yetgan. Ularning hammasi zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng oʻz davlatiga qaytarib yuborilgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida birorta Afgʻoniston fuqarosi noqonuniy boshpana topmagan.

Oldin aytib oʻtganimdek, chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qoʻyilmasligi kerak. Hech qanday noqonuniy oʻtishlarga bizlar yoʻl qoʻymaymiz.

Press-sekretar prezidenta Uzbekistana, zamglavы yego administratsii Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston
Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi
Prezident matbuot kotibi Oʻzbekiston ikki davlat oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini taʼkidladi.
Granitsa Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda – DXX
“Afgʻonistonda boʻlayotgan hozirgi toʻqnashuvlar va ziddiyatlar Afgʻonistonning ichki ishi va biz bunga aralashmaslik tarafdorimiz”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala