Sport

Yevro-2020: Italiya Yevropa chempioni boʻldi

© AFP / MICHAEL REGANSbornaya Italii stala pobeditelem chempionata Yevropы po futbolu
Sbornaya Italii stala pobeditelem chempionata Yevropы po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Italiya penaltilar seriyasida Angliyani Londonda magʻlub etib, Yevropa chempioniga aylandi/
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Yevro-2020 musobaqasining final uchrashuvi 11 iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida boʻlib oʻtdi. Italiya va Angliya terma jamoalari chempionlik unvoni uchun oʻzaro kuch sinashdi.
Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq mezbonlar Lyuk Shouning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi boʻlimda ketma-ket hujum uyuushtirgan italiyaliklar 67-daqiqada hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻlishdi. Leonardo Bonuchchi gol muallifiga aylandi.
Qolgan vaqtda hisob oʻzgarmadi va qoʻshimcha boʻlimlar belgilandi. Unda ham hisob oʻzgarmagach, penaltilar seriyasi belgilandi. Penaltilar seriyasida italiyaliklar gʻalabani (3:2) olib ketishdi.
Shu tariqa Italiya oʻz tarixida ikkinchi marta Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi. Inglizlar esa oʻz uyida magʻlub boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala