Analitika

NATO Qora dengiz boʻyicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday boʻladi?

Dengiz chegaralarining buzilishi, Rossiyaga qarshi mashgʻulotlar va ittifoqchilarni qurol bilan qoʻllab-quvvatlash - Fiolent boʻgʻozida Britaniyaning "Defender" esminetsi bilan sodir boʻlgan voqeadan keyin uzr oʻrniga yangi tahdidlar yangray boshladi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik, Nikolay Protopopov. Dengiz chegaralarining buzilishi, Rossiyaga qarshi mashgʻulotlar va ittifoqchilarni qurol bilan qoʻllab-quvvatlash - Fiolent boʻgʻozida Britaniyaning "Defender" esminetsi bilan sodir boʻlgan voqeadan keyin uzr oʻrniga yangi tahdidlar yangray boshladi. NATOdagilarning rejasi aniq: alyansning Qora dengizni tark etish niyati yoʻq. Boz ustiga, u nafaqat oʻz kontingentini kuchaytirishni, balki Rossiya hududiy suvlari yaqinida fitnalarni davom ettirishni reja qilgan.

Tribanadan yangragan vaʼdalar

NATO bosh kotibining Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha maxsus vakili Jeyms Appaturay soʻzlariga koʻra, Shimoliy atlantika alyansi ittifoqdoshlar va sheriklarni qoʻllab-quvvatlash uchun Qora dengiz regionida qolmoqda.
"Kemalar harakati erkinligi, qolaversa Qrim masalasiga kelganda, NATO pozitsiyasi aniq. Qrim - bu Ukraina, Rossiya emas. Hodisa vaqtida ("Defender" esminetsi bilan. — tahr.) NATO ittifoqdoshlari ushbu tamoyillarni himoyalash uchun qatʼiyatni namoyish etishdi", — dedi Appaturay.
Ucheniya Sea Breeze 2021 nachalis s provokatsiy u beregov Krыma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Video
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video
Buyuk Britaniya tashki ishlar vaziri Dominik Raab, oʻz navbatida, ingliz harbiy kemalari "Ukraina hududiy suvlariga kirishni davom ettirishi" haqida bayonot qildi. Qoidabuzar-esminets tanlagan marshrutni esa Odessadan Gruziyaning Batumi shahriga eltuvchi eng qisqa xalqaro yoʻl, deya atadi u.
"Xalqaro normalarga muvofiq, Ukraina hududiy suvlari orqali hech qanday toʻsiqlarsiz oʻtishga toʻliq haqlimiz. Biz bu ishni davom ettiramiz", — deydi oliy lavozimli amaldor.
Shunisi aniq-ki, Rossiya NATO mamlakatlari Harbiy dengiz kuchlaridan navbatdagi fitnalarni kutib qoladi. Umuman olganda, Raab soʻzlariga Kreml munosabati ham oʻzini koʻp kuttirgan emas. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov dengizdagi davlat chegarasi kelishilmagan holda kesib oʻtiladigan taqdirda, Moskva barcha zarur choralarni koʻrishini qayd etdi. Bu kabi hodisalarning oldini olishning eng samarali usuli - shunchaki hech qanday qoidabuzarlikka yoʻl qoʻymaslik, deya qoʻshimcha qildi u.
Voyennыe ucheniya v Litve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Kolumnistlar
“Ularga kim bosh ekanligini koʻrsatib qoʻyamiz”: NATO qoʻshinlarini Ukrainaga olib kelmoqda
Aytgancha, "Defender" oʻtgan kunning ertasiga uning "jasorati"ni gollandlar ham takrorlashga urindi. Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, neytral suvlarda boʻlgan Niderlandiya dengiz flotining Evertsen fregati oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, Kerch boʻgʻoziga qarab harakatlana boshlagan. Chegara buzilishi holatining oldini olish uchun HKK samolyotlari kema yaqinida ogohlantiruvchi parvozlarni amalga oshirgan.

Gollandlar qiruvchilar bir necha soat davomida "hujumlarni imitatsiya qilishgani", "juda xavfli va past" parvozlarni amalga oshirganidan shikoyat qilganlar. Bundan tashqari, ularning soʻzlariga koʻra, samolyotlarda bombalar va "havo - sath" klassidagi raketalar ham boʻlgan. Ular buni oʻz koʻzlari bilan koʻrishgan.
Harbiy fanlar akademiyasining muxbir-aʼzosi Sergey Sudakovning soʻzlariga koʻra, Britaniya va NATOning boshqa mamlakatlari uchun hozir Rossiya bilan ziddiyatni saqlab qolish muhim. Shuning uchun ular Qora dengizda provokatsiyalarni davom ettirib, Rossiya hududiy suvlariga noqonuniy kirishlarni muntazam amalga oshiradilar. Aytgancha, chegarani buzib oʻtadiganlar bitta kema emas, balki bir nechta vыmpellardan iborat karvonlar ham boʻlishi mumkin.
"Ular davlatning oʻta zaif davrida ayniqsa faol boʻlishadi - bu, qoidaga koʻra, mamlakatda yuz beradigan muhim voqealardan taxminan 90 kun oldingi davrdir. Bizning holatimizda, bu sentyabr oyida Davlat Dumasiga boʻlib oʻtadigan saylovlardir. Hozirda keng koʻlamli aqliy va axborot gibrid urushi olib borilmoqda ", deya tushuntiradi Sudakov.

Sodiq doʻstlar

Aytish kerakki, soʻnggi yillarda NATO Qora dengiz mintaqasidagi mavjudligini sezilarli darajada kuchaytirdi. Alyans kemalari bu yerda turli xil formatdagi mashqlarni havas qilarli darajada muntazam ravishda oʻtkazadilar, va dushman sifatida, afsonaga koʻra, odatda Rossiya oʻrtaga chiqadi. NATOning yaqin ittifoqchilari esa aslida oʻzining toʻliq tarkibdagi harbiy flotiga ega boʻlmagan Gruziya va Ukrainadir.
Siyosat
Rossiya Qora dengizning qator hududlarini chet el kemalari uchun yopmoqda
Maʼlumki, Gruziya harbiy-dengiz kuchlari 2008 yilgi mojarodan keyin oʻz faoliyatini toʻxtatgan. Faqat qirgʻoq muhofazasi shartli ravishda jangovar shaylikka ega boʻlib, unga flot shaxsiy tarkibini va bir nechta katerlarni qoʻshib berishgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, Gruziyani tinchlikka majburlash boʻyicha operatsiya davomida Rossiya Mudofaa vazirligining maxsus boʻlinmalari Poti portidagi harbiy markirovkaga ega boʻlgan barcha kater va kemalarni portlatgan.

Yana bir nechta vыmpellarni rossiyalik dengizchilar Abxaziya qirgʻogʻidagi janglarda eʼlon qilingan xavfsizlik zonasida yoʻq qilganlar. Akvatoriyani Qora dengiz flotining ikkita yirik desant va bir juft raketa kemalari patrul qilishgan. Ular chegarani buzgan holda tobora yaqinlashib kelayotgan bir guruh gruzin harbiy katerlarini aniqlaganlar. Gruziyaning ikkita kichik raketa kemalari kemalarga qarshi raketalar yordamida choʻktirilgan boʻlsa, qolganlari qochib qolgan.
Bugun NATO — xususan, AQSH ham — gruzin flotini jonlantirishga harakat qilmoqda. Xususan, Turkiya Tbilisiga tezyurar patrul katerini bergan boʻlsa, amerikaliklar yana ikkitasini qayta tiklashga va modernizatsiya qilishga yordamlashdi, shuningdek, Gruziyaga qurollar safidan chiqarilgan Qirgʻoqni qoʻriqlash kemalaridan bir juftini sovgʻa qildi.
Bundan tashqari, Vashington Gruziyaning" boshqa harbiy vositalari taʼmiriga" bir necha million dollar ajratgan.
Ucheniya Sea Breeze 2021 nachalis s provokatsiy u beregov Krыma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.07.2021
Video
NATO harbiy mashqlari Qrim yaqinida provokatsiyalar bilan boshlandi - video
NATO dengizchilari - Gruziya portlarida, taʼbir joiz boʻlsa xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash va sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan aktsiyalar doirasida, tez-tez mehmon boʻlishadi. Vaqti-vaqti bilan qoʻshma mashqlar oʻtkaziladi. Xususan, may oyida "Gamilton" patrul kemasi va Gruziya qirgʻoqni qoʻriqlash kemalari dengizda bir necha jangovar-mashgʻulotlarni bajarishdi.
Ukraina floti ham hozir ayanchli ahvolda. 2014 yilda shusiz ham kamsonli boʻlgan harbiy dengiz kuchlari (HDK) qariyb jangovar kemalarsiz qoldi. Taxminlarga koʻra ular salohiyatning taxminan 80 foizini yoʻqotgan.
Bugungi kunda Ukraina HDKda 30ga yaqin kemalar mavjud boʻlsa-da, ammo ularning harakatlana oladiganlari - sanoqlidir. Aksariyat vыmpellarning dvigatellari, radiolokatsiya stantsiyalari va qurol-aslaha tizimlari ishlamaydi.
Umuman olganda, NATO Ukraina HDKlariga Gruziyanikiga qaraganda koʻproq yordam beradi. Amerikaliklar ittifoqdoshlar flotini 16 ta Mark VI patrul katerlari va bir juft avval foydalanilgan Island klassidagi katerlar bilan kuchaytirish vaʼdasini bergan.
Korabli Kaspiyskoy flotilii  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.04.2021
Kolumnistlar
Rossiya turli flotlar kemalarini Qora dengizda jamlamoqda – nega?
Inglizlar UHDK harbiy xizmatchilari mashgʻulotlari uchun butun boshli dasturni ishlab chiqishgan: ularni navigatsiya, tezkor rejalashtirish, dengiz razvedkasi, kemalarning oʻq otish va jon saqlash boʻyicha tayyorgarligiga oʻrgatishadi.
Yaqinda esa Kiyev va London harbiy sohada hamkorlikni kuchaytirish toʻgʻrisida memorandum imzolashdi, bu hujjat doirasida britanlar Qora dengiz va Azov dengizi qirgʻoqlarida bir yoʻla ikkita bazani qurishni rejalashtirishmoqda. Kutilishicha, natochilar bu yerda Montre konventsiyasini chetlab oʻtgan holda jangovar kemalarni joylashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, ukrainaliklarga yangi vыmpellarni qurishda va mavjudlarini modernizatsiya qilishda yordam berishadi.

Adekvat javob

U yoki bu tarzda mintaqadagi asosiy kuch - bu Rossiya Qora dengiz flotidir. Soʻnggi yillarda birlashma tubdan oʻzgardi va endi HDKdagi eng zamonaviy va jangovarlar sirasiga kiradi.
Bu 260 ga yaqin kema, katerlar, suvosti qayiqlari va taʼminot kemalaridir. Suv usti jangovar vыmpellari - 70 donaga yaqin, aviatsiya tashuvchi guruhlarni yoʻq qilishga moʻljallangan "Moskva" flagman raketa kreyseri shular jumlasidan. U deyarli har qanday dengiz nishonini yoʻq qila oladi. Kema 1980-yillardan beri ekspluatatsiya qilib kelinadi, ammo yaqinda chuqur modernizatsiyadan oʻtdi, bu esa uni yana bir necha oʻn yillar davomida samarali ishlatishga imkon beradi.
Analitika
Qora dengizga yana AQSH esminetsi kirib keldi: buyogʻi nima boʻladi
Qora dengiz floti HDFda birinchi boʻlib 636.3 loyihasidagi dunyodagi eng yangi va eng shovqinsiz "Varshavyanka" dizel suvosti kemalarini oʻzlashtirdi. Oltita submarinalar Qora dengizdagi NATO HDKning harakatlarini muntazam ravishda kuzatib boradi, shuningdek, Oʻrtayer dengizida xizmatga chiqadi.
Flotning sobiq qoʻmondoni, admiral Vladimir Komoyedovning soʻzlariga koʻra, 20 yil oldin hamma narsa boshqacha edi: birlashma jangovar kuch jihatidan ancha orqada edi, masalan, turklarnikidan deyarli besh marta zaif boʻlib, agar regionga Oʻrtayer dengizidan NATO guruhlari kirib keladigan boʻlsa, ularning afzalligi oʻn yoki hatto yigirma marta yuqori boʻlardi.
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni tashvishga soldi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.03.2021
Video
Muzni yorib, suv yuziga koʻtarilgan Rossiya atom suvosti kemalari AQShni choʻchitib yubordi
"Men tayinlashganda, flotda bir yarimta suvosti kemasi bor edi - bitta "Varshavyanka" va bitta, 641 ta loyihadagi kema, u ham boʻlsa taʼmirda edi. Endi kemalar yetarli va ular butunlay boshqacha qurollangan, nafaqat taktik, balki tezkor-strategik vazifalarni yechishga qodir", - deydi admiral.
2016 yilda qora dengiz flotidagilar "Kalibr" qanotli raketalari, shuningdek, patrul va kichik raketa kemalar bilan jihozlangan zamonaviy koʻpnishonli uzoq dengiz zonasi uchun moʻljallangan 11356 loyihasidagi fregatlarga ega boʻlishdi. Bir soʻz bilan aytganda, Qora dengiz floti alyansning har qanday fitnasiga javob qaytarish imkoniyatiga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala