Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Lavrov: Markaziy Osiyoda hech kim AQSH siyosati asiri boʻlishni istamaydi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Markaziy Osiyoda AQSH bazalari paydo boʻlishi istiqbollariga sharh berar ekan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mintaqaning u yoki bu davlati Shtatlar siyosati asiri boʻlishdan manfaatdor ekanligiga shubha bildirdi.
TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. ODKB mamlakatlarida chet el harbiylarining yuoʻlishi tashkilotda kelishilishi kerak boʻlgan masaladir, yangi harbiy bazalarning paydo boʻlishi Markaziy Osiyoda xavfsizlik manfaatlariga javob bermaydi, dedi RF TIV rahbari Sergey Lavrov.
"Markaziy Osiyo mamlakatlarining rejasi qandayligi toʻgʻrisida ulardan (AQShdan) emas, balki ushbu mintaqaning tegishli mamlakatlaridan soʻrash kerak. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga kelsak - Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, - (ular) Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti aʼzolaridir. KXSHTning har qanday aʼzosi hududida chet el harbiylarining boʻlib turishi, nizomga muvofiq, tashkilot nizomi doirasida kelishilishi kerak", - dedi Lavrov matbuot-anjumani davomida.
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Dunyoda
AQSH Markaziy Osiyoda eng yirik harbiy bazani qurishni rejalashtirmoqda
"Markaziy Osiyoda amerikaga tegishli yangi harbiy obʼyektning paydo boʻlishi ushbu mintaqada xavfsizlik manfaatlariga javob beradi, deb oʻylamayman", - deya qayd etdi RF TIV rahbari.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan hech biri tegishli maslahatlashuvlarni amalga oʻtkazish zarurati haqida KXSHTga murojaat yoʻllamagan, deya ishora qildi Lavrov.
Markaziy Osiyoda AQSH bazalari paydo boʻlishi istiqbollariga sharh berar ekan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mintaqaning u yoki bu davlati Shtatlar siyosati asiri boʻlishdan manfaatdor ekanligiga shubha bildirdi.
AQSH administratsiyasi 1 maydan boshlab ittifoqdoshlar bilan muvofiq ravishda Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqarishni boshlagan va 11 sentyabrga qadar bu jarayonni yakuniga yetkazishi haqida eʼlon qilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala