Iqtisod

“Masdar” bilan ikkita quyosh elektr stantsiyasini qurish boʻyicha shartnomalar imzolandi

© Press-slujba MinenergoS kompaniyey Masdar podpisanы soglasheniya po dvum solnechnыm elektrostantsiyam
S kompaniyey Masdar podpisanы soglasheniya po dvum solnechnыm elektrostantsiyam - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumani va Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida har birining quvvati 220 MVtdan boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stantsiyalari quriladi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Toshkent shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi bilan hamkorlikda ikkita quyosh fotoelektr stantsiyasi uchun loyiha kelishuvlarini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi
Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) texnik koʻmagida Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumani va Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida har birining quvvati 220 MVtdan boʻlgan 2 ta quyosh fotoelektr stantsiyalari (QFES) loyihalari uchun ochiq tender savdolari oʻtkazildi.
Unga koʻra, “Masdar” kompaniyasining barcha bosqichlardan oʻtish natijalariga koʻra, 2021 yilning may oyida mazkur kompaniya ushbu loyihalarning gʻolibi deb topildi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu solnechnoy fotoelektricheskoy stantsii v Sherabadskom rayone Surxandarinskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev Sherobod quyosh elektr stantsiyasi qurilishini boshlab berdi
Amirlik kompaniyasining kuchli tomonlaridan biri bu QFESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini 25 yil davomida oʻzgarmas tariflarda yetkazib berish taklifi boʻldi. Shunday qilib, kompaniya tomonidan Jizzax QFES elektr energiyasini yagona elektr tarmogʻiga bir kVt. soati uchun 1,823 AQSH tsenti va Samarqand QFES – 1,791 tsent tarifida yetkazib beriladi.
“Masdar” kompaniyasi ushbu loyihalarga 300 million AQSH dollarigacha investitsiya kiritishi, loyihalar 2021 yilning dekabriga qadar moliyaviy yopilishi moʻljallangan hamda 2022 yilning birinchi choragida qurilish ishlari boshlanishi kutilmoqda.
Vazirlik xabarida taʼkidlanishicha, mazkur elektr stantsiyalari 2030 yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalari hajmini 8 GVtga yetkazish, jumladan, quyosh va shamol elektr stantsiyalarining quvvati Oʻzbekiston energetika sohasi oldiga qoʻyilgan vazifani amalga oshirishga koʻmaklashadi. Bundan tashqari, taxminan 500 000 tonna CO2 ekvivalentida yillik issiqxona gazlari emissiyasini kamaytirishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala