Dunyoda

Milliarder Richard Brenson koinotga parvoz qildi

© Virgin GroupRichard Brenson sovershil polet v kosmos
Richard Brenson sovershil polet v kosmos - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Parvoz AQShning Nyu-Mexiko shtatidan amalga oshirildi. U mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:30 da boshlanib, bir soat davom etdi.
TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Britaniyalik tadbirkor va astronavt Richard Brenson 11 iyul oʻzining “Virgin Galactic” kompaniyasiga tegishli raketaplanda 86 km balandlikka koʻtarildi.
Parvoz AQShning Nyu-Mexiko shtatidan amalga oshirildi. 70 yoshli tadbirkor bilan birgalikda ikki uchuvchi — Deyv Makkey va Maykl Masuchchi, shuningdek, Virgin Galactic bosh astronavt instruktori Bet Mozes, katta operatsiya muhandisi Kolin Bennett va hukumat bilan aloqalar boʻyicha vitse-prezident Sirisha Bandla qatnashdi.
Kema yoʻlovchilari vaznsizlik holatida boʻlgan bir necha daqiqa oʻtganidan keyin kema planer rejimida pastlay boshladi. Qoʻnish bir necha daqiqa vaqt oldi, butun parvozga — uchib ketishdan qoʻnishgacha — bir daqiqa kam bir soat sarflandi.
Richard Brenson “Virgin Galactic”ga 2004 yilda asos solgan. U koinotga sayyohlik parvozlarini ishga tushirmoqchi boʻlgan boshqa bir milliarder — “Amazon” internet-giganti va “Blue Origin” aerokosmik kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosni toʻqqiz kunga ortda qoldirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala