Moskvada bu yil ham Qurbon hayiti namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi

© Sputnik / Gleb Kiselev / Mediabankka o‘tishMoskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii
Moskovskaya sobornaya mechet otkrilas posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada bu yilgi Qurbon hayiti 20-iyul kuni nishonlanadi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiya musulmonlar idorasi ulamolar kengashi epidemiologik vaziyat tufayli Moskvada Qurbon hayiti namozini faqat Moskva Jome masjidida ado etish to‘g‘risida qaror chiqardi.
“Moskvada hayit namozi faqat Jome masjidida imomlar, muazzinlar va muftiy o‘rinbosarlari ishtirokida ado etiladi. Boshqa masjidlarda, shuningdek, musulmonlarning mahalliy diniy tashkilotlarida hayit namozi o‘qish tavsiya qilinmaydi”, - deyilgan xabarda.
Barcha musulmonlarga bayramni o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazish tavsiya qilingan. Moskvadagi hayit namozi o‘qilishi “Rossiya 1” telekanali orqali efirga uzatiladi.
Diniy idora tarkibiga kiruvchi mintaqaviy diniy boshqarmalar joylardagi epidemiologik vaziyatni e’tiborga olgan holda masjidlarda hayit namozini o‘qish yoki o‘qimaslik to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qiladi.
Rossiyada bu yilgi Qurbon hayiti 20-iyul kuni nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ham koronavirus sabab Moskva masjidlarida hayit namozlari jamoat bo‘lib o‘qilmagan edi.
Yangiliklar lentasi
0