Iqtisod

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” qozoq korxonasidan 44,5 ming dollar undirdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishTovarnыe sostavы na jeleznodorojnoy stantsii "Yanichkino"
Tovarnыe sostavы na jeleznodorojnoy stantsii Yanichkino - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
"Oʻzbekiston temir yoʻllari" va Qozogʻistonning "KZ-Eksport 2018" korxonasi oʻrtasida yuk vagonlarini ijaraga berish shartnomasi imzolangan. Qozogʻiston tomoni shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmagan
TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ foydasiga Qozogʻiston korxonasidan 44,5 ming dollar undirildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi.
Xabarda aytilishicha, Savdo-sanoat palatasiga uning aʼzosi "Oʻzbekiston temir yoʻllari" murojaat qilib, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam soʻragan.
Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Iqtisod
Biznes yuritish uchun Oʻzbekistonning eng qulay va noqulay hududlari maʼlum boʻldi
Maʼlum boʻlishicha, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" va Qozogʻistonda faoliyat yurituvchi "KZ-Eksport 2018" korxonasi oʻrtasida yuk vagonlarini ijaraga berish shartnomasi imzolangan. Biroq, qozoq korxonasi shartnoma boʻyicha majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani, yaʼni yuk vagonlari oʻz vaqtida qaytarmagani natijasida Oʻzbekiston tomoniga moddiy zarar yetkazilgan.
Shundan soʻng Qozogʻiston korxonasi shartnoma shartlarini lozim daraja bajarmaganligi oqibatida hisoblangan jarima mablagʻlarini undirish yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritilgan.
"Toshkent shahar iqtisodiy sudining hal qiluv qarori bilan Palataning daʼvo talablari qanoatlantirilib, Qozogʻiston korxonasi hisobdan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ foydasiga 44 580 AQSH dollari miqdorida zarar undirib berilgan", - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala