Hodisalar

Suv uchun mojaro Namanganda dehqon oʻlimi bilan yakun topdi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishRabota skoroy pomoщi v Moskve
Rabota skoroy pomoщi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
N.O qoʻli bilan M.Nning bosh qismiga urganligi oqibatida, M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan.
TOSHKENT, 12 iyul - Sputnik. Namanganda ikki erkak oʻrtasida suv uchun boshlangan mojaro birining oʻlimi bilan yakun topdi, deb xabar bermoqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Hodisa Namangan shahar Davlatobod tumanida roʻy bergan.
Ellik olti yashar N.O. MCHJga qarashli mevali bogʻda shu yerda dehqonchilik bilan shugʻullangan, toʻraqoʻrgʻonlik 63 yashar M.N. bilan suv tufayli janjallashib qoladi.
N.O qoʻli bilan M.Nning bosh qismiga urganligi oqibatida, M.N. yerga boshi bilan yiqilib, tan jarohati olgan.
Soʻngra N.O. M.N.ni Toʻraqoʻrgʻon tuman tibbiyot birlashmasiga olib borgan.
M.N. olgan tan jarohati boʻyicha Toʻraqoʻrgʻon tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 10 iyul kuni vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotnomasiga koʻra, marhumning badanida tashqi tan jarohatlari mavjud emasligi, uning oʻlimi bosh miya yopiq shikasti, bosh miya toʻqima ostiga qon quyilishidan kelib chiqqanligi koʻrsatilgan.
Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar Davlatobd tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala