Toshkentda 15—16 iyul kunlari ayrim markaziy ko‘chalar yopiladi

© AFP 2023 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskie v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida 15-16 iyul kunlari "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. Toshkentda 15—16 iyul kunlari "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Tadbir munosabati bilan 15—16 iyul kunlari Toshkentdagi ayrim markaziy ko‘chalar yopiladi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Tadbirda 400 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2021
Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanida kimlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi
Poytaxt IIBB matbuot xizmati tadbirni o‘tkazish jarayonida Tashkent City majmuasi atrofidagi quyidagi yo‘llar transport vositalarining harakatlanishi uchun yopilishini ma’lum qildi:
Islom Karimov ko‘chasi: Turob To‘la ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi; Furqat ko‘chasining mahalliy yo‘li: Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha; Olmazor ko‘chasi: Beshog‘och ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuningdek, ushbu ko‘chalarga tutash yo‘llarda harakatlanish vaqtincha cheklanishi mumkin.
"Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0