Abituriyentlar eng ko‘p qaysi OTMga hujjat topshirayotgani aytildi

© SputnikAbituriyent podayet dokumenti v NIYaU "MIFI"
Abituriyent podayet dokumenti v NIYaU MIFI - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
DTM 2021/22-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan (12 iyul 18:00 holatiga) abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda shu kungacha abituriyentlar tomonidan eng ko‘p hujjat Toshkent davlat pedagogika universitetiga topshirildi. Bundan Davlat test markazining 12-iyul holatiga ko‘ra ochiqlagan ma’lumotlari darak bermoqda.
Prezident granti joriy qilindi: unga kimlar da’vogarlik qilishi mumkin
9 790 nafar abituriyent Toshkent davlat pedagogika universitetini tanlagan. Keyingi yetakchi beshlikdan O‘zbekiston milliy universiteti (9 580), Namangan davlat universiteti (8 926), Jizzax davlat pedagogika instituti (8 625) va Urganch davlat universiteti (8 068) o‘rin olgan.
2021/22-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan (12 iyul 18:00 holatiga) abituriyentlar 277 528 nafarni tashkil etmoqda.
Ta’lim shakli bo‘yicha:

- kunduzgi ta’lim shakli – 167 395 nafar;
- sirtqi ta’lim shakli – 102 646 nafar;
- kechki ta’lim shakli – 7 487 nafar.
Tillar kesimida jami 277 528 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

- o‘zbek tili – 235 265 nafar;
- rus tili – 34 529 nafar;
- qoraqalpoq tili – 6 432 nafar;
- boshqa tillar – 1 302 nafar
Yangiliklar lentasi
0