Afg‘onistonda "Tolibon" razvedkasi rahbari o‘ldirildi

© AFP 2023 / JOHN D MCHUGHVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
So‘nggi sutka davomida Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari tomonidan 271 nafar toliblar o‘ldirildi
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Afg‘onistonning Logar provinsiyasi Muhammad Ogahiy tumanida respublika xavfsizlik kuchlari xodimlari tomonidan Rossiyada ta’qiqlangan "Tolibon" radikal harakati razvedkasi rahbari - Kari Shagasi yo‘q qilindi.
Bu haqda Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Undan tashqari, Shagasining ikkita sherigi ham qo‘lga olingan.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2021
"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?
Iyul oyi boshida toliblar Afg‘onistonning Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston va boshqa qo‘shni davlatlar bilan chegarada joylashgan hududlarini qo‘lga olgan edi.
Respublika QK qo‘mondoni general Vali Muhammad Axmadzoyning so‘zlariga ko‘ra, hozirda hukumat qo‘shinlarining ustuvor vazifasi - jangarilardan yirik shaharlar, yo‘llar, chegara o‘tish qismlari va shosselarni himoya qilishdir.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka davomida to‘qnashuvlar davomida 271 nafar tolib halok bo‘lgan, yana 162 nafar jangari yaralangan.
Qarama-qarshi janglar Nangarxar, Maydan Vardak, Xost, Qandahor, Farax, Hirot va boshqa provinsiyalarda avj olgan.
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2021
“Tolibon”* yana bir chegara punktini egallab oldi
Kuch tuzilmalari Tohar provinsiyasi ma’muriy markazi bo‘lgan Talukan shahri bosib olinishiga qarshilik ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lganlar. Operatsiya davomida 14 nafar jangari o‘ldirilgan, 15 nafari jarohatlangan.
Afg‘onistondan AQSh va NATO qo‘shinlari chiqarilishi fonida toliblar faolligi yana faollashdi. Jangarilar nihoyatda katta tezlikda mamlakat hududlarini bosib olishni boshlab yubordi.
Toliblarning chegaralarga yaqinlashib kelishi Markaziy Osiyo mamlakatlari va ularning ittifoqdoshlari hukumatlarini tashvishga solmoqda.
Yangiliklar lentasi
0