Jamiyat

COVIDga chalingan fuqarolarga yordam uchun: Toshkent tumanlarida maxsus poliklinikalar ochildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMoskovskiy klinicheskiy tsentr infektsionnыx bolezney "Voronovskoye"
Moskovskiy klinicheskiy tsentr infektsionnыx bolezney Voronovskoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Bu yerga koronavirus infektsiyasiga gumondor hamda infektsiya tasdiqlangan shaxslar oilaviy poliklinikalar yoʻllanmasi va "103" xizmati orqali yoki oʻzlari mustaqil ravishda ham murojaat qilishlari mumkin.
TOSHKENT, 13 iyul - Sputnik. Koronavirus infektsiyasiga gumon qilingan shaxslar hamda ushbu infektsiya tasdiqlangan bemorlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish maqsadida Toshkent shahrining 11 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar tashkil etildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot-xizmati.
Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat koʻrsatish yoʻnalishi yaqin boʻlgan dispanserlar binosida faoliyat boshlagan mazkur poliklinikalar aholiga kunu tun xizmat koʻrsatishi belgilangan.
Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Dunyoda
Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat vaktsina yetishmovchiligi tufayli yomonlashmoqda – BSST
Har bir markazga 3 tadan tibbiy brigada biriktirilgan va ular tarkibidan 2 nafar shifokor hamda 2 nafar oʻrta tibbiyot xodimi oʻrin olgan. Shuningdek, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfektsiyalovchi eritma va reaktivlar, shuningdek, maxsus tibbiyot vositalari bilan taʼminlangan.
Ayni paytda poytaxtdagi barcha oilaviy poliklinikalar ushbu poliklinikalar bilan integratsiya asosida faoliyat yuritayotgan boʻlib, u yerga koronavirus infektsiyasiga gumondor hamda infektsiya tasdiqlangan shaxslar oilaviy poliklinikalar yoʻllanmasi va “103” xizmati orqali yoki oʻzlari mustaqil ravishda ham murojaat qilishlari mumkin.
Vremennыy gospital dlya patsiyentov s COVID-19, razvernutыy v ledovom dvortse Krыlatskoye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Jamiyat
Samarqandda koronavirus bemorlarini davolash va taqsimlash markazi yana ish boshladi
Agar tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan fuqaroning shikoyatlariga koʻra, unda koronavirus kasalligi gumon qilinsa, bemorga oʻzi yashaydigan tumandagi maxsus poliklinikaga borish tavsiya etiladi. Biroq uning holat va imkoniyati bunga monelik qilsa, bemorning uy manzili yozib olinadi va u haqidagi maʼlumot maxsus poliklinikaga taqdim etiladi. Soʻng, bemor maxsus poliklinika uchun ajratilgan avtotransport vositasi yordamida u yerga olib kelinadi va belgilangan standartlar boʻyicha tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.
Maxsus poliklinikaga murojaat qilgan bemorlar uchun maxsus karta yuritilib, unda fuqaroning dinamik holati, tekshiruv va davolash natijalari qayd etib boriladi.
Murojaat qilganlar orasida "COVID-19" infektsiyasi tasdiqlanmagan bemorlar boʻlsa, ulardan kerakli tahlillar olinadi va tezkor ravishda hududiy sanitariya xizmati laboratoriyalariga yetkaziladi.
Shu bilan birga, bemorlar ogʻirlik darajasiga koʻra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiyalar beriladi. Biroq agar bemorning ahvoli ogʻir boʻlsa, u zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi va bu haqida fuqaro istiqomat qiladigan hududdagi oilaviy poliklinikaga xabar qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader