Video

“Yegulik va suv hammaga yetmayapti”: toliblardan jabr koʻrgan afgʻonlar hayoti va arz-dodi

“Tolibon”* jangarilari hujumlari tufayli Afgʻonistonning minglab tinch aholisi oʻz uylari tark etib, vaqtinchalik chodirli lagerlarga koʻchib oʻtishga majbur boʻlishdi.
Toliblar Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlari olib chiqib ketilishi ortidan faollashdi. Ular koʻplab hududlarni, ayniqsa Afgʻonistonning shimolidagi tumanlarni egallab olishmoqda.
“Qishlogʻimizni oʻrab olishdi. Qoʻlimizdan hech narsa kelmaydi, toliblar uylarimizni egallab olishdi. Bizni bolalarimiz bilan koʻchirib yuborishdi, qashshoqlikda kun koʻryapmiz”, - deydi mahalliy aholidan biri Bibi Zaynab.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevыx deystviy, na odnoy iz ulits Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kobul butun Afgʻonistondagi qochoqlar uchun boshpana boʻlmoqda
Qochoqlar chodirli lagerlardaye yegulik, suv va tibbiy yordam yetishmasidan shikoyat qilishmoqda.
“Tolibon”* vakillari xatti-harakatidan Vashington ham xavotir bildirdi, ammo AQSH afgʻon hukumatiga mamlakat himoya uchun oʻz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya qilishmoqda.
Toliblarning taʼkidlashicha, ular Afgʻonistonning 80 foizdan ziyod hududini nazorat qilishmoqda. Rasmiy Kobul buni rad etmoqda.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala