Dunyoda

Iroqdagi kasalxonada roʻy bergan yongʻinda qurbon boʻlganlar soni 54 kishiga yetdi

© REUTERS / ESSAM AL-SUDANIPojar v gospitale v gorode En-Nasiriya, Irak
Pojar v gospitale v gorode En-Nasiriya, Irak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
An-Nasiriya shahrida koronavirus bemorlari davolanadigan kasalxonada yirik yongʻin sodir boʻldi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Iroq janubidagi An-Nasiriya shahrida koronavirus bemorlari davolanadigan kasalxonada yirik yongʻin sodir boʻldi. Buning oqibatida qurbon boʻlganlar soni 54 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, kasalxonadagi yongʻin kislorod ballonining portlashi oqibatida kelib chiqqan.
Neftyanaya platforma Prirazlomnaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Dunyoda
Dengiz ostidagi vulqon: Meksika koʻrfazida kuchli yongʻin yuz berdi - video
Mahalliy OAVlar xabariga koʻra, mamlakat bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy voqea joyiga yoʻl olgan. Hudud sogʻliqni saqlash departamenti viloyatda favqulodda holat eʼlon qilgan.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Iroq poytaxti Bagʻdoddagi kovid kasalxonasida ham yongʻin sodir boʻlib, buning oqibatida 80 nafardan ziyod kishi halok boʻlgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala