Dunyoda

Koronavirus bilan bogʻliq vaziyat vaktsina yetishmovchiligi tufayli yomonlashmoqda – BSST

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishMyunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti
Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Toʻrt haftadirki jahonda COVID-19 kasalligiga chalinish holatlari oʻsib borishi kuzatilmoqda. Vaktsina yetishmovchiligi kuzatilayotgan regionlarda holat ancha yomon, deb taʼkidlaydi BSST
TOSHKENT, 13 iyul – Sputnik. Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq epidemiologik holat yomonlashmoqda. Bu haqda dushanba kuni Jenevada boʻlib oʻtgan brifingda Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus maʼlum qildi.
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Kolumnistlar
Vaktsinalar urushi: Yevropa Sputnik V bilan qanday kurashmoqda
"Oʻtgan hafta butun dunyoda ketma-ket toʻrtinchi hafta COVID-19 bilan kasallanganlar soni koʻpayishi qayd etildi. Ushbu oʻsish Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining oltita mintaqasida qayd etildi. 10 haftalik pasayishdan soʻng, oʻlim koʻrsatkichi ham oshdi ", - dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori.

Vaktsina yetishmovchiligi

Gebreyesusning taʼkidiga koʻra, vaktsina yetishmovchiligi kuzatilayotgan joylarda ahvol ancha yomon, shu bilan birga pandemiya "hozircha hech qayerda tugamagan".
Gebreyesusning aytishicha, "sogʻliqni saqlash sohasida vaziyat yomonlashuvi kuzatilmoqda". "Bu esa koʻplab hayotlarni va mustahkam global tiklanishni xavf ostida qoldirmoqda", - deb hisoblaydi BSST rahbari.
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Rossiya
Nature jurnalida “Sputnik V”ning samaradorligi haqida maqola paydo boʻldi
Vaktsina yetishmovchiligi masalasini muhokama qilish uchun BSST va Butunjahon savdo tashkiloti kelayotgan haftada davlatlar va biznes vakillari yigʻilishini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.
Yigʻilishda davlat va xususiy sektor rahbarlari toʻplanadilar. Yigʻilish ishtirokchilari vaktsina olishda notenglik masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

"Delta" shtammi

Dunyoda 104dan ziyod mamlakatlarda koronavirusning delta-shtammi aylanmoqda. U juda yuqori yuqumlilik darajasiga ega.
Kutilishicha, juda yaqin orada ushbu shtamm dunyoda yetakchi oʻringa chiqadi, deb bayonot qildi Gebreyesus.
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Dunyoda
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq
Eslatib oʻtamiz, "delta" shtammi "alfa" variantiga qaraganda 50% tezroq tarqalish xususiyatiga ega. "Alfa" shtammi koronavirus infektsiyasining dastlabki shtammiga qaraganda 50% yuqumliroq edi.
Bundan tashqari, hindcha shtamm oʻta qisqa inkubatsiya davriga ega boʻlib, kasallikdan soʻng oʻta ogʻir asoratlarni keltirib chiqaradi. Unga qarshi eng samarali kurash usuli - bu oʻz vaqtida amalga oshirilgan vaktsinatsiyadir.

Dunyodagi vaktsinalar haqida

Bugungi kunda koronavirusga qarshi yuzdan ziyod vaktsinalar ishlab chiqarish jarayonida turibdi. Bu haqda dushanba kuni boʻlib oʻtgan brifingda BSST bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan maʼlum qilgan.
 Vaktsinatsiya ot COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston vaktsinalarni qanday narxda sotib olmoqda
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, gap 105ta nomzod-vaktsinalar haqida bormoqda. Ularning aksariyati klinik sinovlarning uchinchi bosqichidan oʻtmoqda. Svaminatanning fikricha, yangi vaktsinalar yanada samaraliroq boʻlishi mumkin. Taxminlarga koʻra, bu vaktsinalarni saqlash sharoitlari ham ancha yengilroq boʻladi.
"Yangi ishlanmalar va sinovlarga zarurat oʻz ahamiyatini yoʻqotmayotgan bir vaqtda, yangi vaktsinalarni ishlab chiqishga harakat qilayotganlarni ragʻbatlantirmoq lozim", deya qayd etadi BSST eksperti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala