Hodisalar

Kosonsoyga kuchli sel keldi: qidiruv-qutqaruv ishlari olib bormoqda

© press-slujba UCHS Namanganskoy oblastiSilnыy sel soshel v Kasansaye
Silnыy sel soshel v Kasansaye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
FVB, IIB, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. 13 iyul kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanining Qirgʻiziston bilan chegaradosh hududida qisqa muddatli kuchli yomgʻir yogʻishi natijasida Kosonsoy soyiga sel keldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, sel oqibatida bir necha kishi oqib ketgan.
Viloyat FVB matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirda FVB, IIB, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.
© press-slujba UCHS Namanganskoy oblastiSilnыy sel soshel v Kasansaye
Silnыy sel soshel v Kasansaye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Silnыy sel soshel v Kasansaye
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Aksi tumanida sel kelishi oqibatida sakkiz kishi nobud boʻlgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader