Rossiya

Moskvada migrantlar yana ommaviy mushtlashdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMassovaya draka na Xovanskom kladbiщe v Moskve
Massovaya draka na Xovanskom kladbiщe v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Mahalliy OAVlarning yozishicha, mushtlashuvda 50 nafardan 200 nafargacha migrantlar ishtirok etgan.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Moskvada “Kuzminki” metro bekati yaqinida migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv roʻy berdi. Bu haqda Rossiya IIVning Moskva boʻyicha Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa 13 iyulga oʻtar kechasi Zelenodolskaya koʻchasida sodir boʻlgan. Mahalliy OAVlarning yozishicha, mushtlashuvda 50 nafardan 200 nafargacha migrantlar ishtirok etgan.
Janjal vaqtida ular yoʻlga chiqib ketib, avtomobillar va yoʻlovchilarga xalaqit berishgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari janjalning bir necha ishtirokchilarini qoʻlga olib, hududiy boʻlimlarga keltirishgan. Qoʻlga olinganlar 20 kishini tashkil etayotgani aytilmoqda.
Janjal oqibatida bir necha kishi jabrlangan, ayrimlar pichoqlangan. Ularga tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Ommaviy mushtlashuvni aynan qaysi mamlakat fuqarolari uyushtirgani borasida turli taxminlar bildirilmoqda.
Hozirda hodisa tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda va uning qatnashchilari aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskvadagi bozorlardan birida migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani xabar qilingan edi.
Bokserskiye perchatki, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Sport
Moskvadagi MMA turnirida migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi – video
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala