Hodisalar

Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar “deport” qilinadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMoskvadagi Xovan qabristonida roʻy bergan ommaviy mushtlashuv
Moskvadagi Xovan qabristonida roʻy bergan ommaviy mushtlashuv - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Moskvadagi ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar sud qaroriga koʻra mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
RF Ichki ishlar vazirligi Moskvadagi "Kuzminki" metro stantsiyasi yaqinida yuz bergan mushtlashuvdan soʻng 103 kishi politsiyaga olib kelinganligini tasdiqladi.
Migrantlar jarimaga tortiladi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi, ayrim esa Rossiyaga kirishga taqiq qoʻyiladi.
Zdaniye konsulstva Uzbekistana v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Migratsiya
Tashqi migratsiya agentligi Moskvada yuz bergan ommaviy mushtlashuv yuzasidan bayonot berdi
Bugun kechasi “Kuzminki” metro stantsiyasida Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, taxminlarga koʻra unda 200-400 nafar kishi qatnashgan.
Ayrimlari jiddiy jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Ularning barchasi mayda bezorilikda va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillariga boʻysunmaslikda ayblanmoqda. Buning uchun 2,5 ming rublgacha jarima yoki 15 sutka “qamoq” berilishi mumkin.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, ushbu ommaviy mushtlashuvda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etmagan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala