Iqtisod

Oʻzbekiston uchinchi yevrobondlar emissiyasiga tayyorlanmoqda

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishLineynыy grafik
Lineynыy grafik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Oʻzbekiston navbatdagi yevrobonlar emissiyasiga tayyorlanmoqda, dushanba kuni istiqbolli investorlar takliflari oʻrganib chiqildi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston uchinchi yevrobondlar emissiyasiga tayyorlanmoqda. Bu haqida bank sohasidagi manbaalarga tayangan holda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Bu safargi yevrobondlar ikki transhdan iborat:
Dollarda - $ 635 mln., muddati - 10 yil va daromadi - 3,9 %;
Soʻmda - 2,5 trillion soʻm ($235 mln.), muddati 3 yil, daromadi – 14;
Dollarda emissiya qilinadigan yevrobondlar 2031 yilning oktyabrida qoplanadi va ularning daromadliligi 4,25-4,375 % ni tashkil qiladi.
Ushbu masalada Oʻzbekiston 8 iyul kuni bir necha yirik investorlar bilan telefon muloqotlari oʻtkazgan. Yevrobondlarni joylashtirish Citi, Gazprombank, J.P. Morgan va MUFG banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning fevralida Oʻzbekiston ilk bor yevroobligatsiyalar joylashtirgan edi. Umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan qimmatli qogʻozlar 5 va 10 yil muddatga moʻljallangan edi. Oʻshanda Oʻzbekiston qimmatli qogʻozlariga boʻlgan talab hajmi 8,5 milliard dollardan oshib ketgan edi.
Ikkinchi bor Oʻzbekiston 2020 yilning noyabrida umumiy hajmi 750 million dollarlik yevroobligatsiyalar chiqargan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala