Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi toʻliq emlanganlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Mamlakatda jami qoʻllanilgan vaktsinalar qariyb 5 million dozaga yetdi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda shu kungacha koronavirusga qarshi toʻliq emlangan fuqarolar soni 921 623 nafarni tashkil qilmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, kecha, 12 iyul kuni, respublika hududlari boʻylab 138 915 doza vaktsina qoʻllanilgan.
Vaktsinatsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda Rossiyada boʻlgani kabi COVID-19ga qarshi majburiy emlash joriy etilishi mumkin
Mamlakatda emlash jarayonlari boshlangandan buyon jami 4 996 862 doza vaktsinadan foydalanildi. 1-bosqichda 3,05 mln, 2-bosqichda 1,4 mln, 3-bosqichda 503 ming kishi emlangan.
Namangan (630 705 doza), Fargʻona (627 250) va Andijon viloyatilari (571 655) emlashlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarni koʻrsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala