Dunyoda

Qirgʻizistonda kuchli sel toshqini, 2 ayol va 6 bola nobud boʻldi – dahshatli ofat videosi

© Foto / Ulan MakkambayevSelevoy potok
Selevoy potok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Qirgʻizistonda kuchli sel oilaning 6 nafar aʼzosining umriga zomin boʻldi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Aksi tumanida sel toshqini oqibatida 2 nafar ayol va 6 nafar bola nobud boʻldi, deb xabar qildi Sputnik Qirgʻiziston.
Sel oqimi 63 yoshli ayol, uning 40 yoshli qizini va 16, 12, 7 va 3 yoshli nabiralari va mehmonga kelgan 12 yoshli bolani olib ketdi. Barchasi chodirda yashashgan edi.
Qoʻshni qishloqda 5 yoshli bolani oqim olib ketdi. Ikki bolani (3 va 5 yoshli) qidirish davom etmoqda.
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov toshqin oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha hukumatga koʻrsatmalar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmatning kuchaytirilgan rejimiga oʻtkazildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala