Analitika

Qoʻlni kesish, qamchi bilan savalash – oddiy afgʻonlar Tolibon* davrini qanday eslaydi

© Sputnik / Sayed Zakeria / Fotobankka oʻtishLyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevыx deystviy, na odnoy iz ulits Kabula
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevыx deystviy, na odnoy iz ulits Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
"Ular hamma narsaga aralashardi" - RIA Novosti muxbiri Afgʻonistonda boʻlib Tolibon* bilan duch kelgan afgʻonlar bilan suhbat qildi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik, Filipp Prokudin. Tolibon* maʼlum qilishiga koʻra rasmiy Qobul faqat maʼmuriy markazlarni - Tolibon esa qishloq hududlarini nazorat qilmoqda. Amerika qoʻshinlari olib chiqilganidan soʻng afgʻon hukumati qurolangan raqib bilan yakkama-yakka qolishdi. Ushbu voqea xuddi 32 yil oldin, Sovet armiyasi Afgʻonistonni tark etganida sodir boʻlgan holatga oʻxshaydi. Tarix qaytarimoqdami?
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻonistonda “sof islom davlati”ni yaratmoqchi
Qobulliklar Jo Bayden va Tolibon* qoʻmondoni mulla Abdulla Barodar bilan oʻpishib tushgan mem-suratini bir-birlariga joʻnatishmoqda. Koʻrinishidan xuddi Leonid Brejnevning Erik Xoneker bilan oʻpishib tushgan suratiga oʻxshaydi. Amerikaliklar mujohidlarga qurol aslahalarni ataylab qoldirib ketayotgani haqidagi hazil, qobulliklarga hozircha kulguli tuyulmoqda.
Toliblarning jangovar muvaffaqiyatlari aholi orasida turli aralash his-tuygʻular uygʻotmoqda. Bir tomondan ular AQSH va NATOni quvib chiqarayotgani, albatta, yaxshi. Lekin boshqa tomondan toliblar ilk bor hukumat boshiga kelganda qanday tartib qoidalar oʻrnatgani hali koʻpchillikning esidan chiqqani yoʻq.
“Ular, Bayden, qurol-aslaha uchun rahmat”, - deyishayotgan boʻlsa ajab emas deb istehzo qilishadi qobulliklar.
Amerikaliklar 20 yil Tolibon bilan kurashishdi va albatta ularga yordam berishni istamagan edi. Afgʻonistonning hozirgi hukumati Vashingtonga qarab ish yuritishi ularni qiyin ahvolga solib qoʻydi. Hukumat boshqaruvida ular oʻz xalqiga emas AQShga suyanib ish olib borishgani tufayli amerikaliklar chiqib ketganidan soʻng ular goʻyoki havoda muallaq boʻlib qolishdi. Bu haqida mahalliy siyosatchilar chekka-chekkada suhbat qilishmoqda.

Tolibon davrida kechgan bolalik

Mening birinchi suhbatdoshim Samandar dastlab telefonda upishayotgan siyosatchilar aks etgan memni koʻrsatib kuladi, keyin jim boʻlib qoladi. Uning yuzidan jiddiy xavotirlikni koʻrish mumkin. Tolibon 1996 yilda Qobulni jangsiz qoʻlga kiritganida u hali 10 yoshga toʻlmagan edi. Tolibon tashkil qilgan “Afgʻoniston islom amirligida” oʻtgan yoshligini eslarkan, oʻsha vaqtlarda hukm surgan tartib-qoidalarini esga oladi.
“Ularning davrida tartib kuchli edi. Hech kim oʻgʻirlik qilmasdi, chunki buning uchun darholi qoʻlini kesib tashlashardi. Chik! – deb qoʻlib bilan koʻrsatadi u. Ular bunaqa ishga juda chaqqon edi”, - deydi Samandar.
“Aslida bu notoʻgʻri. Axir ular odamlar kimni koʻrsatishsa oʻshani tutib olishar edi. Balkim u begunoh odam boʻlsa-chi? Umuman oʻgʻirlikda aybdor kishining ham qoʻlini chopish – bu notoʻgʻri”, deb u yana ehtiyotkor soʻz qidira boshlaydi. Afgʻonistonliklar oʻz tiliga erk bermaslikka oʻrganib qolishgan, axir atrofda “quloqlar” juda koʻp.
Lekin birozdan soʻng, u misli portlagandek gapira boshlaydi: “Ular hamma narsaga aralashardi. Hatto jinsi shim kiyishni taʼqiqlashardi – milliy libos kiy, deb. Kiyimlar esa aslida milliy emas – Pokistondan olib kelingan. Men oʻsmir edim jinsi shim kiyib yurardim. Kimdir “sotgan”. Ular meni qamchi bilan urishgan. Bu juda azobli va haqoratli edi, chunki ular odamlar oldida meni jazolashgandi.
Kabobpaz Holiq ham 1996 yilda yosh bola boʻlgan. Otasini oʻldirishganda yetti yoshli bola oila boshligʻi boʻlib qolgan.
“Oʻshandan beri men hamma narsa uchun javob beraman. Hozir Toliblar yana qaytib keladi, bir iloj qilib yashash kerak, - Xoliq erta haqida oʻylamaydi, chunki unga kelajak har doim aldoqchi. 20 yil oldin amerikaliklar kelganidan xursand boʻlgan edim. Endi esa ular yoʻq. umuman kelishmasa yaxshi boʻlardi. Hammasi oʻz oʻzidan joyiga tushib ketardi. Xushmuomalalik yuzasidan sovet qoʻshinlari haqida ham ikki ogʻiz aytib oʻtadi: nima boʻlganda ham SSSR Afgʻonistonda juda koʻp inshootlar qurgan edi.

Tolibon asirligidan qochgan askar

Navbatdagi suhbatdosh Izatullo faqat ayrim shartlarda suhbatlashishga rozi boʻldi. Yoʻl-yoʻlakay, u taksi haydovchisidan oʻzi xavfsiz deb hisoblaydigan bir joyda toʻxtashni soʻradi va doʻkondan tamaki (nosvoy) sotib oldi. Haydovchining norozi nigohi ostida tamakini tilining ostiga tashlab oldi. Taksichi qaytimini sanagunicha uning toqati toq boʻldi va keskin harakat bilan panel ustiga qoʻyilgan pullarni oladi va moshinadan tushadi. Qoʻrquvga tushgan haydovchi u bilan tortishmasdan jimgina joʻnab ketadi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Dunyoda
Afgʻonistonda "Tolibon" razvedkasi rahbari oʻldirildi
Izatullo - kamuflyaj kiyimda, yuzidan asabiyligi bilib turadi: hozir musht tushiradigandek.
Kafeda Izatullo boʻynidagi roʻmolining bir uchini koʻtaradi va uning koʻksida ofitser pogoni koʻrinadi. Maxsus boʻlinma belgilarini allaqachon yechib tashlagan. Tolibon* qoʻlida asirga tushgani haqidagi hikoya - odatiy.
“Bizni qurshab olishdi, patronlar tugadi. Asirga tushganlarni alohida alohida qamab qoʻyishdi. Keyin qoʻllarimizni arqon bilan bogʻlab qizdirilgan pichoq bilan tanamizni kesa boshlashdi. Ularga hech qanday harbiy sir kerak emasdi, shunchaki qasos olish uchun. Jangda biz ulardan juda koʻpini oʻldirgan edik”, - hikoyani aytib berarkan ovozi gʻazabga toʻlib, boʻgʻiq ohangdan jarangdor tus oladi.
Keyin Izatullo ogʻriqdan hushidan ketgandek tutadi. Aslida deyarli ham shunday edi. Koʻplab joyi kesilgan maxsus xizmatchini navbatdagi qiynoqqacha yerda qoldirishadi. Shu vaqt ichida u arqonni kesib qochishga muvaffaq boʻladi.
Izatullo yengini va kurtkasini koʻtarib koʻrsatadi. Uning butun tanasi keloid chandiqlariga oʻxshash chandiqlar bilan qoplangan.
“Agar toliblar qoʻlimga tushsa nima qilaman? – avallgidek oʻldiraman. Ular hech kimni avvaylamaydi. Jangga ukol bilan kiradi. Qanday ukol olayotganini men bilmayman”, - deydi nafaqadagi ofitser.
Shundan soʻng uning suhbatimizga qiziqishi qolmaydi va juda kam nafaqa olayotganini va pul kerakligini aytadi. Pulni olganidan soʻng xayrlashib koʻchaga chiqib ketadi. Katta yoʻlni diagonal boʻylab kesib oʻtarkan u mashinarlarga umuman eʼtibor bermaydi. Qobulda koʻpchilik yoʻlni istagan joyida kesib oʻtadi, lekin Izzatullo atrofiga qaragani ham yoʻq, haydovchilarning oʻzi uni aylanib oʻtishga harakat qilishadi.

Uzoq urush qahramonlari

Qobul – bu devorlar shahri. Deyarli barcha ofis binolari devor bilan oʻralgan. Yana Hamma joyda xalq qahramonlarining suratlarini koʻrish mumkin. Ayniqsa Axmad Shax Masudning surati koʻp uchraydi. Hatto qandolat magazinida ham multfilm qahramonlarining yonida “Pansher sheri”ning surati osilgan.
Afgʻonlar uchun kim zoʻr, Masudmi yoki Spaydermen? Degan hazilomuz savolga jiddiy javob qaytaradi: “Masud boʻlsa kerak, ular ham multfilm tomosha qilishadi albatta, lekin ularning atrofida, mamlakatda urush ketmoqda, Masud esa haqiqiy qahramon”, - deydi sotuvchi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Analitika
"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?
Axmad Shax Masud “Afgʻoniston Islom jamiyati” siyosiy partiyasining rahbari boʻlgan. Partiyani yana bir mashhur siyosatchi Burxoniddin Rabboniy tashkil qilgan. Rabboniy Afgʻoniston prezidenti edi, keyinchalik Qarshilik yillarida (1996 -2001) Tolibonga qarshi kurashgan “Shimoliy alyans”ga yetakchilik qilgan. 2011 yilda u salla ichiga portlovchi modda solib kirgan xudkush terrorchi tomonidan oʻldirgan. Uning oʻgʻli Salohiddin Rabboniy ichki ishlar vaziri edi, hozir esa otasi tomonidan yaratilgan “Afgʻoniston islom jamiyati” partiyasiga yetakchilik qilmoqda.
Salohiddin Rabboniy mamlakat 1990 yilga qaytdi deb hisoblamaydi. “Xalqaro hamjamiyat Afgʻoniston xalqi tarafida. Tolibon*ga kelsak * ular koʻp narsalarni eʼlon qilishmoqda, lekin xalq ular taklif qilayotgan islohotlarni, dinning bunday talqin qilinishini qabul qilmaydi.
Ikkinchi tomondan Afgʻoniston oʻz ichidan chiqqan, turli jamoalarni taqdim etuvchi hukumat boʻlishi kerak. Afgʻoniston – koʻp millatli mamlkat, bizning kuchimiz – ana shu xilma-xillikda”, - deydi suhbatdosh.
“Xorijiy kuchlar bu yerda doimi qolmasligini afgʻonistonliklar yaxshi tushunishadi. Lekin qoʻshinlarning olib chiqilishi ana shunday boʻlishini – biz hech kutmagan edik. Bu shoshilinch qadam boʻldi. Doxada AQSH va Tolibon orasida shartnoma imzolanganidan soʻng ular darhol qoʻshinlarni olib chiqa boshladi. Mamlakatda esa qoʻrquvni yoʻqotgan tolibon va shartnoma tuzishda ishtirok etmagan hukumat qoldi. Oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha hech qanday kelishuvga erishilmagan. Tolibonning yaqinda erishgan muvaffaqiyatlariga qaramasdan, ular orqaga oʻz pozitsiyalariga surib qoʻyiladi. Harbiy yoʻqotishlar ularni muzokaralar stoliga oʻtirishga majbur qiladi deb hisoblaymiz”, - deydi Salohiddin Rabboniy.
Afgʻoniston masalasida – harbiy yechim boʻlishi mumkin emas. Baribir kelishuvga erishishga toʻgʻri keladi. Tolibon*ning oʻzi ham buni tushunadi.
Xayrlashuv oldidan u mendan “Siz Bagramda boʻldingizmi? - deb soʻradi. Ular qochib ketgani rostmi?”. Javobimni eshitib, qoʻl choʻzadi: Sovet Ittifoqi askarlari ham oʻsha urushda yengilgan boʻlsa-da, kunduz kuni, obroʻ bilan, bayroqlarni koʻtarib Afgʻonistonni tark etishgan edi”. Ha, hartugul, bu tarixning takrorlanishi emasga oʻxshaydi.
*Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala