Jamiyat

Qurbon hayit bayramida 3 kun dam olish kuni boʻladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnichnыy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta
Prazdnichnыy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Oʻzbekistonda ish kunlari shanba kunigia koʻchirilishi hisobidan Qurbon hayitda 3 kun uzuluksiz dam olish kunlari boʻladi.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Qurbon hayit (Iyd-al-Adxa) bayramida Oʻzbekistonda 3 kun uzuluksiz dam olish kunlari boʻladi. Bu haqida Oʻzbekiston prezidentining farmonida aytib oʻtilgan.
17 va 24 iyuldagi (shanba) ish kunlari 21 va 22 iyulga koʻchirilishi natijasida fuqarolar 20, 21 va 22 iyul kunlari uzuluksiz dam olish imkoniyatiga ega boʻladi. Ana shunday tartib, haftasiga 5 yoki 6 kun ishlashidan qatʼiy nazar – barcha uchun amal qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yilning fevral oyida Navroʻz, Mustaqillik bayrami, Ramazon hayiti va Qurbon hayit bayramlarida kamida 3 kundan uzuluksiz dam olish kunlari boʻlishi aytib oʻtilgan edi.
Oʻzbekistonda Qurbon hayitning birinchi kuni 20 iyulga toʻgʻri k yeladi.
Maxsus komissiya qaroriga koʻra, bayram tadbirlari barcha karantintalablariga amal qilgan holda boʻlib oʻtadi. Tadbirlar faqat ochiq maydonlarda, cheklangan odam soni bilan oʻtkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala