Jamiyat

Rossiyada oliy maʼlumot: oʻqishga kirish va moslashish haqida

© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaFlagovaya alleya v SFU
Flagovaya alleya v SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Oʻzbekistonlik talabalar Rossiyaning sharqiy qismidagi eng yirik universitet - Sibir Federal Universitetiga (SFU) masofadan turib oʻqishga kirishlari mumkin.
Qabulning barcha bosqichlar 1-kurs talabalarini faol qoʻllab-quvvatlanadi: hujjatlarni topshirishdan yoʻl xarajatlarini qoplash va tibbiy sugʻurtani sotib olishgacha. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻqishga kirish oson: oliygoh doim aloqada

SFU vakillarining soʻzlariga koʻra, kirish imtihonlari va hujjatlar onlayn tarzda topshirish mumkin: hujjatlarni skan qilish yoki suratga olish kifoya. Universitetda ishonch telefoni va yordam chatlari ishlamoqda, abituriyentlarga universitet veb-saytida roʻyxatdan oʻtish, kerakli hujjatlarni toʻldirish va joʻnatish uchun yordam beriladi. Agar 1-kurs talabasi shaxsiy kabinetiga biror narsani yuklashni unutgan boʻlsa, u bilan bogʻlanishadi.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaVid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta
Vid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Vid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta
"Yaqin kelajakda oʻzbekistonlik abituriyentlar kirish imtihonlarini shaxsan, mamlakatning shaharning birida topshirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ayni paytda imtihon oliygoh veb-saytida roʻyxatdan oʻtganidan soʻng onlayn tarzda topshirish mumkin (https://abiturient.sfu-kras.ru/). Abituriyent imtihon uchun qulay boshlanish vaqtini mustaqil ravishda tanlashi mumkin, tizimga kirish jadvalga muvofiq kuniga 10 soat davomida ochiq boʻladi. Biz joʻgʻrofik jihatda vaqtda farq borligini tushunamiz, shuning uchun abituriyentlarga yordam beramiz. Ular imtihondan oʻtishlari uchun imkon qadar xotirjam va oʻzlari uchun qulay boʻlishi muhim", - deb taʼkidladi SFU xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Anna Mezit.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaAnna Mezit
Anna Mezit  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Anna Mezit
Kirish imtihonlari natijalariga koʻra oʻzbekistonlik abituriyentlar byudjetga SFUga kirishlari mumkin, deb taʼkidlandi matbuot xizmatida.
Buning uchun sobiq vatandosh maqomini rasmiylashtirish kifoya: ota-ona SSSRda tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxalarini taqdim etish zarur.
Kontrakt asosida oʻqiyotgan talabalar uchun chegirmalar tizimlari taqdim etiladi. Universitetda talaba oʻqishni istagan mutaxassisligiga kirish muhim va har doim iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor deb hisoblaydi.

Oʻqishga kelib, doʻstlarni topish va sugʻurtani rasmiylashtirish haqida

Stipendiyalardan tashqari, SFUga oʻqishga kirgan Oʻzbekiston fuqarolari universitetdan bir qator boshqa bonuslarni olishlari mumkin. Ular orasida yoʻl kompensatsiya puli (15 ming rubl), oʻqish uchun texnika, Sibir qishi sharoiti uchun zarur kiyim-kechak sotib olish va tibbiy sugʻurtani rasmiylashtirishda yordam beriladi.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaVʼyezd v studencheskiy kampus SFU
Vʼyezd v studencheskiy kampus SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Vʼyezd v studencheskiy kampus SFU
"Biz oʻz farzandlarini uydan uzoqqa oʻqishga yuboradigan 1-kurs talabalari ota-onalarini juda yaxshi tushunamiz. Ular koʻp xavotir oladi, ayniqsa bolaning sogʻligʻi uchun. Shuning uchun biz yaxshi sugʻurta polisini toʻla-toʻkis narxini qoplaymiz, unda tejash uchun sabab yoʻq", - dedi Mezit.
Universitetning alohida departamenti chet ellik abituriyentlar bilan ishlash bilan shugʻullanadi. Xodimlar Rossiyaga kelishdan oldin talabalar bilan ishlashni boshlaydilar: Gosulugida roʻyxatdan oʻtishda yordam berishadi, Rossiyaga keliga tayyorgarlik koʻrish uchun maxsus gayd yuborishadi va doimo aloqada boʻlishadi. Mahalliy moslashuv masalalariga ham katta eʼtibor bilan qarashadi.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaPovsednevnaya jizn v kampuse SFU
Povsednevnaya jizn v kampuse SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Povsednevnaya jizn v kampuse SFU
"Xalqaro departamenttarkibida chet el fuqarolarining ijtimoiy va madaniy moslashuvi boʻlimi mavjud va SFUda Xalqaro doʻstlik markazi ishlaydi - bu boshqa mamlakatlar talabalari kasaba uyushmalari. Barcha chet ellik talabalar ochiq va juda doʻstona. Katta kurs talabalari yangi kelgan tinglovchilarga yordam berishadi. Yaqinda yigitlar oʻz mamlakatlaridan kelgan delegatsiyani aeroportda kutib olishdi. Biz bunday voqealarni qoʻllab-quvvatlarda davom ettirishga harakat qilamiz, masalan, taksi buyurtma beramiz", - dedi Anna Mezit.
Barcha chet el talabalari uchun moslashishiga va doʻst topishiga yordam berish maqsadida bepul rus tili kurslari, ekskursiyalarni, ijodiy va boshqa tadbirlarni tashkil etadi.
"Universitetda birinchi kunlardanoq koʻplab tadbirlar boʻlib oʻtdi: oʻqishni boshlanishi, yoshlar festivali, "Millatlar oʻlkasi" ijodiy tanlovi, unda biz milliy madaniyat va urf-odatlarimiz bilan oʻrtoqlashdik. Biz koʻpchilik bilan doʻstlashdik va hanuzgacha aloqada boʻlib turibmiz, xorijiy mamlakatda birinchi qadam uchun - bu juda yaxshi", - dedi SFUning Gastronomiya institutining 2-kurs talabasi Doniyor Salimov.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaDoniyer Salimov
Doniyer  Salimov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Doniyer Salimov
Bundan tashqari, har bir institutda direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari mavjud.

Uy-joy va infratuzilma

SFU talabalar shaharchasi ekologik toza hududda joylashgan. Talabalarda hamma narsa bor: nafaqat oʻquv binolari, dorixonalar va doʻkonlar, balki tibbiyot markazi, bir nechta suzish havzalari, golf maydonchasi, changʻi sport majmuasi, kutubxona, barcha tadbirlar, konferentsiyalar va bayramlar oʻtkaziladigan kongress-xoll.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaMeditsinskiy tsentr na kampuse SFU
Meditsinskiy tsentr na kampuse SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Meditsinskiy tsentr na kampuse SFU
"Men yashaydigan yangi yotoqxona juda qulay. Korpusimida sport zali va bir nechta dam olish joylari mavjud, u yerda kitob oʻqish, uy vazifalarini bajarish, yotoqxonadagi yigitlar bilan oʻynash mumkin. Katta stadion va yaqin atrofdagi oʻquv binolarining aksariyati joylashgan. Yotoqxonaga joylashtirishda sizni kutib olishadi va ekskursiya qilishadi: nima va qayerdaligini koʻrsatib berishadi, kvartira yoki xonangizga kuzatib borishadi", - dedi Doniyor Salimov.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaVid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta
Vid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Vid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta
Bugungi kunda universitetda 11,5 ming talabani qabul qila oladigan 30 ta turar-joy binolari mavjud. Bu chet ellik va boshqa shaharlardan kelgan talabalarni joylashtirish bilan bogʻliq masalani butunlay hal qiladi.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaSportivnaya jizn v SFU
Sportivnaya jizn v SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Sportivnaya jizn v SFU
"Universitetda yotoqxona mavjud, koridor va kvartira tipida. Chet ellik talabalarning koʻpi yangi binolarda ikkitadan boʻlib yashaydilar. Bu yerda kerakli hamma narsa bor: oshxona, hammom, kir yuvish mashinasi, shuningdek, Yenisey yoki oʻrmonga qaragan balkon bor", - dedi Anna Mezit.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaStudent na territorii kampusa SFU
Student na territorii kampusa SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Student na territorii kampusa SFU
Universitet yotoqxonalarida yashashning maksimal narxi - 1500 rubl.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaStudencheskiye obщejitiya v kampuse SFU
Studencheskiye obщejitiya v kampuse SFU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Studencheskiye obщejitiya v kampuse SFU

Bugungi kunda universitet

Bugungi kunda SFUda dunyoning 42 davlatidan (MDH, Yaqin Sharq, Afrika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Osiyo, Okeaniya) 1000 dan ortiq chet ellik talabalar, tinglovchilar va stajyorlar tahsil olmoqda. Ular orasida Oʻzbekistondan 30 nafar talaba bor. Har yili MDH mamlakatlarida oʻquv koʻrgazmalari va test sinovlari oʻtkaziladi, u yerda SFU vakillari abituriyentlarni universitetning imkoniyatlari bilan tanishtiradi.
© Press-slujba Sibirskogo Federalnogo UniversitetaVid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta
Vid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Vid na kampus Sibirskogo federalnogo universiteta
SFU Times Higher Education (THE) va Quacquarelli Symonds (QS) reyting agentliklari, shu jumladan fizika va muhandislik fanlari boʻyicha 801+ reyting agentliklari boʻyicha dunyoning eng yaxshi 1000 ta eng yaxshi universitetlari qatoriga kiradi. SFU beshta yetakchi milliy reyting agentliklari reytingiga koʻra Rossiyaning eng yaxshi 20 ta eng yaxshi universitetlariga kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala