"Sputnik V"ning koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samaradorligi aniqlandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishProizvodstvo vaksini Sputnik V
Proizvodstvo vaksini Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2021
Obuna bo‘lish
"Sputnik V"ning koronavirusning yangi shtammlariga qarshi samaradorligi aksariyat vaksinalardan yuqori ekani aniqlandi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiyaning Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy izlanishlar milliy markazi "Sputnik V" vaksinasining koronavirusning yangi shtamlariga qarshi samaradorligini o‘rganib chiqdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Ilmiy tadqiqot natijalari Vaccines halqaro jurnalida chop etilgan. Tadqiqot jarayonida emlangan kishining qon zardobining tirik koronavirusning bugungi kunda keng tarqalgan shtammlarini (Britaniya, JAR va Hind shtammlari) neytrallashtirish xususiyatlari aniqlangan. Izlanish metodlari maqolada batafsil keltirilgan.

"Sputnik V" ikkita adenovirus vektoridan iborat bo‘lgan, koronavirusga qarshi ro‘yxatdan o‘tkazilgan eng birinchi vaksina edi. Gamaleya markazi izlanishlari ana shunday uslubning to‘g‘ri ekanini namoyish qildi. Vaksinaning yangi va yanada xavfliroq shtammlariga qarshi samaradorligi aksariyat boshqa vaksinalarninikdan yuqori ekani tasdiqlandi, - deydi Rossiya To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev.
“Biz koronavirusning transformatsiya va mutatsiya xususiyatlari haqida tobora ko‘proq ma’lmuot olmoqdamiz. Bugungi kunda "Sputnik V" koronavirusning dastlabki va yangi shtammlariga qarshi eng samarali vositalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunga vaksina ishlab chiqishda qo‘llanilgan unikal metod - ikki adenovirus vektoridan “trasnport vositasi” sifatida foydalanish uslubi hissa qo‘shmoqda”, - dedi Gamaleya markazi direktori Aleksandr Ginsburg.
Ma’lumot uchun bugungi kunda "Sputnik V" dunyoning 67 ta mamlakatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ushbumamlakatlar aholisi 3,5 milliarddan ortiq. Vaksina bilan emlanganlar soni bir necha o‘n million kishidan oshib ketgan.
Yangiliklar lentasi
0