Analitika

Toliblar muvaffaqiyatiga qoʻshnilar qanday munosabatda?

© AP Photo / Muhammed MuheisenVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Afgʻonistonda toliblar taʼsir doirasining sezilarli kengayishi qoʻshni mamlakatlarda noaniq reaktsiyani keltirib chiqardi.
Terrorchilarning Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumat kuchlari bilan janglardagi muvaffaqiyatlari xalqaro birlashuvga olib kelmadi. Hatto Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham endilikda tobora koʻproq tashvish bildira boshladi.
Afgʻonistondagi vaziyat tashvishli stsenariy boʻyicha rivojlanmoqda. Qobul 10-iyulga oʻtar kechasi tashqi sheriklarni, eng yaqin qoʻshnilar Hindiston va Xitoy nomini alohida taʼkidlab aytgan holda, afgʻon armiyasi va xavfsizlik kuchlariga terrorizmga qarshi kurashda texnik jihatdan (mamlakat ichki ishlariga aralashmagan holda) yordam berishga chaqirdi. Biroq, sheriklar oʻzlarini chetroq olishmoqda va neytralitetni saqlashga intilishmoqda.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.07.2021
Analitika
"Tolibon"* - 2021: uyushmami yoki allaqachon davlat?
Deyarli bir vaqtning oʻzida BMT rasmiy vakili toliblar tomonidan Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegaralardagi bir qator muhim oʻtish joylari egallab olinganidan xavotir bildirdi. Qandaydir mushtarak yordam koʻrsatish variantlari (tinchlikparvarlik operatsiyasi) muhokama etilmayapti, choʻkayotgan insonni qutqarish - choʻkayotgan insonning oʻzining qoʻlida.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hindistonlik hamkasbi Subramanyam Jayshankar bilan juma kuni boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari boʻyicha: "Toliblar Eron va Tojikiston bilan chegarada chegara postlarini egallab olishdi. Bu hozircha Afgʻonistonda sodir boʻlayapti, biz hech qanday chora koʻrmoqchi emasmiz", degan edi. U "Afgʻoniston Islom Respublikasidagi ushbu vaziyat Rossiyani muammolar ittifoqdoshlar hududiga "quyilib oʻtishi" nuqtai nazaridangina tashvishga solmoqda", deya aniqlik kiritgan edi.
Hindiston tashqi ishlar vaziri: "Afgʻonistondagi vaziyat bizning jiddiy eʼtiborimizni tortmoqda, chunki bu mintaqaviy xavfsizlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri oqibatlarni keltirib chiqaradi" va "Afgʻonistonni kim boshqarishidan qatʼiy nazar, u qonuniy hukumat boʻlishi kerak", deya qayd etdi.
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistondagi vaziyat keskinlashishi ortidan chegara oldidagi Termiz qanday hayot kechirmoqda
Avvalroq, qoʻshni Xitoy, Eron va Pokiston Afgʻonistondagi "vaziyatni shoshmasdan va bir tekis oʻzgartirish" maqsadida xorijiy qoʻshinlarni tartibli va masʼuliyatli ravishda olib chiqishga chaqirishgan edi. Qoʻshinlarni chiqarish ishlari deyarli yakunlandi. Biz toliblarning mamlakatda hokimiyatni kuch bilan va toʻliq egallab olish, Islom Respublikasini "Islom amirligi" ga zoʻrlik bilan shakllantirish yoʻlidagi qatʼiy qadamlariga guvoh boʻlmoqdamiz. Doha kelishuvida koʻzda tutilgan amaldagi hukumat va boshqa siyosiy raqiblar bilan muzokaralar olib borilgan emas, boshqa har qanday davlat tuzilishi uchun zaxira variantlari boʻlmasligi haqidagi bandga ham amal qilinmadi. Yaqin atrofdagi qoʻshnilar turlicha munosabat bildirishmoqda.

Sirli Turkmaniston

Tolibon 9-iyul kuni Turkmaniston bilan chegarada nazorat oʻtkazish punktini egallab oldi va Afgʻonistonning chegaradosh shimoliy viloyatlarida oʻz muvaffaqiyatlarini yanada rivojlantirishda davom etmoqda. Bu Ashxabodni maxsus xavfsizlik choralarini koʻrishga majbur etmoqda. OAVlarda berilgan xabarlarga koʻra, Turkmaniston harbiy qoʻmondonligi Mariy viloyati janubiga qoʻshimcha qoʻshinlarni joylashtirgan. Kushka daryosi yaqinidagi Serhetabat shahri hududida tank batalyooni, artilleriya, maxsus kuchlar va boshqa bir qancha boʻlinmalar zirhlangan texnika bilan diqqatni jamlab turishibdi.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* yana bir chegara punktini egallab oldi
Bu tabiiy va kutilgan munosabat (reaktsiya) deyish mumkin edi, biroq Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi 11-iyul kuni Afgʻoniston chegarasida vaziyatning keskinlashgani va u yerga qurolli kuchlar hamda harbiy texnika tortilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. "Ikki qoʻshni davlat va ular xalqlari oʻrtasidagi birodarlik munosabatlari tufayli turkman-afgʻon chegarasi doʻstlik va hamkorlik chegarasiligicha qolmoqda", deya bayonot berdi rasmiy Ashxobod.
Sharq - nozik masala. Turkman tomoni anʼanaga koʻra "Tolibon" harakati bilan yaxshi munosabatlarda va bir vaqtning oʻzida rasmiy Qobul bilan ham yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini saqlab keladi. "Tolibon"* vakillari 10 iyul kuni ikkinchi bor Ashxobodda boʻlishdi va u yerda Turkmaniston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Vepa Xojiyev bilan muzokaralar oʻtkazishdi. Bu maʼlumotni toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Moxammad Naim Vardak tasdiqladi. Turkmaniston rasmiy Qobulning jigʻiga tegmoqchi emas, garchi shunday boʻlsada, toliblar bilan muzokaralarda oʻzaro xavfsizlik va ehtimoliy qochqinlar oqimini bloklash variantlari masalalari muhokama qilindi.
Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻon qozoni qaynamoqda – Markaziy Osiyo yomon vaziyatga hozirlanmoqda
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 7-iyul kuni Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha birgalikdagi harakatlarni muhokama qilish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari vakillarining konferentsiyasi tashkil etildi. Avvalroq (1 iyulda) Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishini oʻtkazgan, unda raketa uskunalarini Mariy va Lebap viloyatlarida - chegaradan 130 km masofada joylashtirish, Mariy-2 harbiy aerodromiga qoʻshimcha aviatexnikalar - shturm samolyotlari, vertolyotlar va zarba beruvchi aviaguruhlarni joylashtirish muhokama qilingan edi.

Qattiqqoʻl Oʻzbekiston

Qoʻshni Afgʻonistonda jangovar harakatlar avj olgani fonida mintaqadagi eng qudratli (Global Firepower versiyasi boʻyicha) oʻzbek armiyasi toʻliq jangovar shay holatga keltirildi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi KXSHTga qaytish masalasini koʻrib chiqmayapti. Prezident Adminstratsiyasi rahbari oʻrinbosari – prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 12 iyul kuni boʻlib oʻtgan brifing chogʻida shunday dedi: "Bizga KXSHTga aʼzo boʻlish uchun takliflar tushmadi. Qolaversa, bizning qonunchiligimizda harbiy bazalar yaratish va bunday tashkilotlarga qoʻshilish taqiqlanadi".
Situatsiya v Termeze i na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qoʻyilmasligi kerak –Asadov
Ushbu bayonot Afgʻonistondagi amaldagi hukumat bilan munosabatlarga ziyon yetkazmagan holda "yangi hukumat" bilan munosabatda boʻlishga rozilik namoyishining oʻziga xos koʻrinishiga oʻxshaydi. Bu xayrixohlik ruhidagi neytralitet agar Afgʻoniston tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdid qiluvchi xarakterdagi chegarani buzish holatlari roʻy bergan taqdirda shu zahoti harbiy javob koʻrinishini olishi mumkin. Eslatib oʻtaman, 23-iyundan buyon Tolibon bilan boʻlgan janglarda oʻnlab afgʻonistonlik chegarachilar va askarlar vaqti-vaqti bilan Oʻzbekiston hududiga "chekinishmoqda", ularni shu zahotiyoq ortga qaytarishmoqda. Neytrallikka yetarli darajada qattiqqoʻllik bilan amal qilinmoqda.
Shu bilan birga, Rossiya Markaziy harbiy okrugining motooʻqchi, artilleriya, muhandislik boʻlinmalarining eng koʻp tayyorgarlik koʻrgan qoʻmondonlari Oʻzbekistonda mahalliy hamkasblari bilan Suriyadagi jangovar tajribalarini oʻrtoqlashishmoqda. Dasturdan - texnik razvedka vositalaridan foydalangan holda artilleriya oʻqlarini boshqarish, modernizatsiya qilingan BTR-82 bronetransportyorlari qurollaridan foydalangan holda oʻq otish mashqlarini oʻtkazish, granatomyotlardan nazorat oʻq otish mashgʻulotlari, motooʻqchilar boʻlinmalari tarkibida kunduzgi va tungi taktik mashqlar oʻrin olgan.
Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.07.2021
Dunyoda
Rossiya KXSHT boʻyicha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor – Lavrov
Ilgariroq Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Oʻzbekiston Islom Amirligi qaytishini qabul qilmasligini, biroq afgʻon inqirozida harbiy yechim yoʻqligi haqida bayonot qilgan edi. Afgʻoniston Markaziy Osiyoning integrallashgan qismiga aylanishi muhimligi qayd etilgandi. Buning uchun "Afgʻonistondagi tinchlik jarayoniga yagona mintaqaviy va xalqaro yondashuv" zarur. Koʻplab nomaʼlumlar ishtirokidagi oʻta murakkab tartibga solish sxemasi. Respublikada "Tolibon"* rasman terroristik tashkilot sanalmaydi, ammo toliblar tomonidan Faryëb provintsiyasida yozilgan videoda oddiy jangarilar oʻzbek tilida gaplashishmoqda va bu Toshkent uchun jiddiy signaldir.

Qaynoq Tojikiston

Afgʻoniston shimoliy provintsiyalaridagi janglar, chegaradagi - Dushanbedan 150 km masofadagi otishma - Dushanbeda jiddiy xavotirga sabab boʻlmoqda. Tojikiston janubiy sarhadlarni mustahkamlash maqsadida 20 ming zaxiradagi askarlarni armiya xizmatiga chaqirdi. Umumiy uzunligi 1300 km dan oshadigan tojik-afgʻon chegarasining muhandislik uskunalari namunali qilib koʻrsatishga yaramaydi va janubiy tomonda 900 km dan ortiq chegara toliblar tomonidan nazorat qilinadi. Afgʻonistonlik qochqinlar oqimi bilan bir qatorda Tojikistonga terrorchilar va giyohvand moddalar kirib kelishi xavfi tobora ortib bormoqda. Markaziy Osiyoning boshqa poytaxtlariga qaraganda Dushanbening "Tolibon"*ga nisbatan doʻstona munosabatda boʻlishga moyilligi eng kam.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Tojikiston bilan chegarada oʻz bayrogʻini oʻrnatdi
Afgʻoniston Islom Respublikasining milliy xavfsizlik kuchlarining oʻnlab askarlari va ofitserlari har kuni terrorchilar bilan janglarda halok boʻlishmoqda, Afgʻonistonning aksariyat provintsiyalarida toliblarning hujumi "al-Qoida"* jangarilari faolligining oshishiga turtki boʻldi - uyushma qoʻlbola portlovchi vositalar, minalashtirilgan mashinalar va xudkush terrorchilardan foydalanadi. Yaqinda sodir boʻlgan qator teraktlarda oʻnlab harbiy xizmatchilar va tinch aholi halok boʻldi.
Bundan tashqari, Afgʻonistonda hozirda Suriya va Iroqdan qochib borgan yoʻq qilinmagan 10 mingga yaqin "ID" jangarilari bor: tojiklar, qirgʻizlar, oʻzbeklar, uygʻurlar, kavkazliklar – bu odamlarning hammasi chegarani kesib oʻtib, Tojikiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga kirib borishi mumkin. Afgʻonistondan chiqib ketish oldidan - mintaqani nostabillashtirish maqsadida - AQSH maxsus xizmatlari "ID"* jangarilarini chegara oldi provintsiyalar - Badaxshon va Toxar viloyatlarida ataydan "ekib ketgan" boʻlishi ham ehtimoldan holi emas.
Sovmestnыe ucheniya s KSOR ODKB Vzaimodeystviye-2019 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.07.2021
Kolumnistlar
Ertaga urush boʻlsa: ODKB operguruhi tojik-afgʻon chegarasida ishlamoqda
Afgʻon urushi hozircha KXSHT mamlakatlariga bevosita taʼsir koʻrsatgan emas, ammo Tojikiston aholisi juda qattiq havotir olmoqda, va ular "Tolibon"*ning qoʻshni davlatlar chegaralari daxlsizligi haqidagi vaʼdalariga ular to oʻz ichki muammolarini hal qilib olgunga qadar ishonish mumkin, deb oʻylashadi. "Afgʻon qozoni" portlashi mumkinligi ehtimolini hisobga olgan holda, RF Mudofaa vazirligi oʻtgan oʻn kun mobaynida janubiy yoʻnalishda turli yoʻnalishdagi qator manevrlarni oʻtkazib keldi. Rossiya istalgan vaqtda Tojikiston xavfsizligini taʼminlash maqsadida 201-harbiy bazasi boʻlinmalarini ishga solishga tayyor. KXSHT tezkor guruhi bevosita tojik-afgʻon chegarasida faoliyat olib bormoqda.

Qatʼiyatli Eron

Toliblar Eron bilan chegarani 9 iyuldan boshlab nazoratga ola boshlagan. Tehron maxsus 65-havo-desant brigadasini va ogʻir zirhli texnikani, shu jumladan T-72S va BMP-2 taknlarini ham Afgʻoniston bilan chegara yaqiniga olib kelib qoʻydi. Shu bilan birga Eron TIV matbuot-kotibi Said Xatibzoda front yaqinlashib kelayotganiga qaramay, Afgʻoniston bilan chegara tumanlarida vaziyat nazorat ostida, deya ishontirdi.
Toliblar tomonidan Islom Qala va Abu Nasr Faraxiy chegara punktlarini egallab olingach, bir necha afgʻonistonlik mutaxassislar boshpana ilinjida Eron hududiga oʻtishdi. Eron Islom Respublikasi Bojxona boshqarmasi korxonalarga eksport yuklarini toliblar tomonidan qoʻlga olingan Afgʻoniston bilan chegaradagi nazorat punktlari orqali yubormaslikni qatʼiy tavsiya qildi.
Prezident Afganistana Moxammad Ashraf Gani  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.07.2021
Siyosat
Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani iyulda Toshkentga keladi
Tehronning afgʻonistonlik "amirlik quruvchilari" ga munosabati boshqacha. Shia Eroni toliblar "davlati"ning fundamental sunniy modelini qonuniylashtirishga tayyor emas va koʻp yillar davomida "Tolibon"* nazorati ostida boʻlgan afgʻon narkotrafigiga qarshi qattiq kurashib keladi (hatto oʻlim jazosi ham kuryerlarni toʻxtata olmayapti).
BMT hisob-kitoblariga koʻra afgʻon narkobaronlarining yillik daromadi taxminan 70 milliard dollarni tashkil qiladi va ular afyun yetishtirish va sotish uchun toliblarga 10 foiz "soliq" toʻlashadi. Amerikaliklar ketgach muammolar ortadi. Agar giyohvand moddalar ishlab chiqarish butunlay yoʻq qilinsa, Afgʻonistonda aholining 95%i qashshoqlik darajasiga kelib qolishi mumkin. Binobarin, yaqin istiqbolda Eron qoʻshni davlatdagi "yangi hukumat" dan hech qanday yaxshilik kutmaydi.

Pokiston, Xitoy, Hindiston – Osiyo "bermud uchburchagi"

"Tolibon"*ning Xitoy, Pokiston, Hindiston bilan munosabatlarida "oq dogʻlar" hammadan ham koʻra koʻproq. Afgʻonistonga qoʻshni boʻlgan bu uchta davlatda jami 3 milliarddan ortiq aholi istiqomat qiladi va bu mamlakatlar Qobulga ulkan harbiy-siyosiy va iqtisodiy taʼsir koʻrsata oladi. Agar Pekin, Islomobod va Nyu-Deli qarashlarini umumiy koʻrsatkichga keltirishning imkoni blganida edi, Afgʻonistondagi urush oʻtgan asrdayoq batamom yakun topgan boʻlar edi.
Afganistan v ogne: zaxvatyat li talibы Pandjsherskoye uщelye i vsyu stranu?
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.07.2021
Video
“Tolibon”* Panjshir darasini va butun mamlakatni egallab oladimi?
Toliblar oʻt yomgʻiri ostida bir sutka ichida 160dan ziyod afgʻon harbiy xizmatchilari Pokiston hududiga oʻtib ketdi. "Tolibon"* harakati aynan Islomobod qoʻllab-quvvatlovi ostida 1994 yilda tashkil topgan va tezda kuchayib ketgan (harakat aʼzolari 1996 yilda Qobulni egallab olishgan). Bugungi kunda esa Pokiston oʻzini "shogirdlarga" hech qanday taʼsir oʻtkaza olmaydigandek koʻrsatmoqda. Biroq, "Tolibon"ga qarindosh boʻlgan - "al-Qoida"* tashkilotining asoschisi Usama bin Laden vafotiga qadar Abbotoboddagi Pokiston harbiy akademiyasidan 1300 metr masofada joylashgan uyda oilasi bilan yashagan va bu baʼzi bir "asosiy qadriyatlar" hamda terroristik tashkilotlarning boshqarilishi haqida yorqin dalil sanaladi.
Tabiiyki, Pokistonning Markaziy va Janubiy Osiyodagi manfaatlari Xitoy va Hindiston manfaatlariga koʻpincha mos kelmaydi. Hindiston va Xitoy rivojlanishda antagonistik boʻlib, "afgʻon xaritasi"dan oʻz milliy manfaatlari yoʻlida foydalanishga bel bogʻlagan.
Lyudi vo vremennom lagere dlya postradavshix v rezultate boyevыx deystviy, na odnoy iz ulits Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kobul butun Afgʻonistondagi qochoqlar uchun boshpana boʻlmoqda
Xitoyning Global Times nashri shunday yozadi: "Muhim qoʻshni va yirik derjava sifatida Xitoy qoʻl qovushtirib, afgʻon ishlaridan chetda oʻtira olmaydi". Va baribir oʻz yoʻlidan boradi. Bu nimani anglatsa?
Financial Times nashri maʼlumotiga koʻra, Xitoy toliblarga Afgʻonistonda hamkorlik qilish taklifini bildirgan, ammo buning evaziga ular uygʻur "Sharqiy Turkiston Islom harakati" bilan hamkorlikdan voz kechishlari lozim. Ehtimolki, Pekinni "Buyuk ipak yoʻli" kelajagi, iqtisod tashvishga solmoqda, aslo toliblar mafkurasi va davlat loyihalari emas.
Hindiston Qobuldagi amaldagi hukumat bilan hamkorlik qilishga qatʼiy qaror qilgan va noqonuniy "Tolibon"*ga nisbatan diplomatik takalluflarni xazm qilmaydi. Shu tariqa, yuqorida tilga olingan uchta qoʻshni va juda qudratli davlatlar Afgʻonistonga xolislik bilan faqatgina uzoq muddatli beqarorlikni kafolatlashmoqda. Fikrimcha, barcha yaqin qoʻshnilar rikoshetdan bebahra qolmaydi.
* – Rossiyada taʼqiqlangan terroristik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala