Iqtisod

Toshkent metrosi yana 10 ta Rossiya poyezdlari bilan toʻldiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPassajirы v poyezde
Passajirы v poyezde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.07.2021
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga 1 dekabrga qadar “Metrovagonmash”dan (Rossiya) Toshkent metrosi uchun oʻnta poyezd xarid qilishi kerak.
TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Vazirlar mahkamasining “Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini xarid qilish” loyihasining texnik iqtisodiy asoslashni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga 2021 yil 1 dekabrga qadar “Metrovagonmash”dan (Rossiya) Toshkent metrosi uchun oʻnta poyezd olib kelish vazifasi topshirilgan.
Panno na stantsii Alisher Navoi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Video
Toshkent metrosi durdonasi "Alisher Navoiy" bekati - video
Loyihaning umumiy qiymati 63,7 mln yevroni tashkil etadi. Undan 8,7 millioni davlat byudjeti mablagʻi, 30,5 millioni Rossiyaning “VEB.RF” davlat rivojlanish korporatsiyasi banki krediti, yana 24,5 millioni “Roseksimbank” AJ krediti.
“VEB.RF” tomonidan kredit 11 yilga, “Roseksimbank” tomonidan esa 12 yilga taqdim etilgan.
Loyihaga koʻra, 10 poyezd yiliga 95,6 million yoʻlovchini tashish imkonini beradi.
Eslatib oʻtamiz, loyiha shartnomasi “Innoprom” xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida imzolagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala