Afg‘on hukumat qo‘shinlari: 3 kun ichida 1,4 ming “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi

© AP Photo / Fraidoon PooyaaVoorujennie lyudi v Afganistane
Voorujennie lyudi v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘on hukumat qo‘shinlari: 3 kun ichida 1,4 ming “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Afg‘oniston hukumat qo‘shinlari “Tolibon”ga (Rossiyada taqiqlangan harakat) topshirilgan hududlar ustidan nazoratni qaytarib olayotganini va 3 kun ichida 1,4 ming “Tolibon” jangarisi yo‘q qilinganligini ma’lum qildi.
Afg‘onistonda qishloq joylarda muhim hududlarni egallab olgan va yirik shaharlarga qarshi hujumni boshlagan hukumat kuchlari va Tolibon* jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik ketmoqda.
Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Tolibon* va IShID*: RF Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakilining eng dolzarb savollarga javoblari
Afg‘onistonda beqarorlik AQSh administratsiyasi tomonidan Afg‘onistondan 11-sentabrgacha qo‘shinlarni olib chiqib ketishni yakunlash haqidagi va’dalari fonida kuchaymoqda.
2020 yilda Vashington va “Tolibon”* Doxada 18-yildan ortiq urush davomida birinchi tinchlik bitimini imzoladilar. U 14 oy ichida Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketishni va mahbuslar almashinuvidan so‘ng afg‘onistonlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0