Hodisalar

Andijonlik yosh erkak namanganlik ayolning yuziga kislota sepib, uni oʻmardi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Fotobankka oʻtishSledstvennыy izolyator, arxivnoye foto
Sledstvennыy izolyator, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
RSHTYOIM Namangan filialining dastlabki maʼlumotnomasida, ayolni badanida chap koʻz, ogʻiz, lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari borligi koʻrsatilgan.
TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi erkak Namanganda yashovchi tanish ayolini bosqinchilik yoʻli bilan oʻmarib, 7,5 mln soʻmlik tilla taqinchoqlari va telefonini olib qochdi.
Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa haqida 9 iyul kuni kechki soat 23:22 da Namangan viloyati IIB 102-tizimi operatoriga xabar kelib tushgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Hodisalar
Bekobodda mansabdorlar “Yoshlar–kelajagimiz” dasturining 301 mln soʻmini talon-taroj qildi
Maʼlum boʻlishicha, 1980 yilda tugʻilgan ayol xususiy shifoxonada tungi navbatchilikda turganida, yoniga u bilan gaplashib olish maqsadida Murodjon ismli tanishi kelgan. Ayol uni shifoxonaga olib kirib, birga gaplashib oʻtirishgan vaqtida erkak ayolga tashlanib qolgan.
Erkak ayolning boʻynidan boʻgʻib, undan pul yoki boshqa qimmatbaho buyumlarini berishni talab qilib, soʻng jabrdiyda yuziga polietilen idishda boʻlgan suyuqlikni sepgan. Soʻngra ayolning boʻynidagi 3 million soʻmlik zanjir, qulogʻidagi 4,5 million soʻmlik baldoq hamda narxi 4,5 million boʻlgan "Huawei" rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yoʻli bilan olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.05.2017
Hodisalar
Yunusobodda yollanma ishchilarni oʻgʻri urdi
RSHTYOIM Namangan filialining dastlabki maʼlumotnomasida, ayolni badanida chap koʻz, ogʻiz, lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari borligi koʻrsatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 23 yoshli N.Murodjon sodir etganligi aniqlangan. Jabrlanuvchi tomonidan tanib olingan hamda daliliy ashyo, ayollar zanjiri, baldoq va “Huawei” rusumli uyali telefon apparati olingan.
Ushbu holat boʻyicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala