Andijonlik yosh erkak namanganlik ayolning yuziga kislota sepib, uni o‘mardi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2021
Obuna bo‘lish
RShTOIM Namangan filialining dastlabki ma’lumotnomasida, ayolni badanida chap ko‘z, og‘iz, lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari borligi ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi erkak Namanganda yashovchi tanish ayolini bosqinchilik yo‘li bilan o‘marib, 7,5 mln so‘mlik tilla taqinchoqlari va telefonini olib qochdi.
Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa haqida 9-iyul kuni kechki soat 23:22 da Namangan viloyati IIB 102-tizimi operatoriga xabar kelib tushgan.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Bekobodda mansabdorlar “Yoshlar–kelajagimiz” dasturining 301 mln so‘mini talon-taroj qildi
Ma’lum bo‘lishicha, 1980-yilda tug‘ilgan ayol xususiy shifoxonada tungi navbatchilikda turganida, yoniga u bilan gaplashib olish maqsadida Murodjon ismli tanishi kelgan. Ayol uni shifoxonaga olib kirib, birga gaplashib o‘tirishgan vaqtida erkak ayolga tashlanib qolgan.
Erkak ayolning bo‘ynidan bo‘g‘ib, undan pul yoki boshqa qimmatbaho buyumlarini berishni talab qilib, so‘ng jabrdiyda yuziga polietilen idishda bo‘lgan suyuqlikni sepgan. So‘ngra ayolning bo‘ynidagi 3 million so‘mlik zanjir, qulog‘idagi 4,5 million so‘mlik baldoq hamda narxi 4,5 million bo‘lgan "Huawei" rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan olib, hodisa joyidan yashiringan.
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2017
Yunusobodda yollanma ishchilarni o‘g‘ri urdi
RShTOIM Namangan filialining dastlabki ma’lumotnomasida, ayolni badanida chap ko‘z, og‘iz, lab va yuz terisi kuyishi tarzidagi tan jarohatlari borligi ko‘rsatilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi 23 yoshli N.Murodjon sodir etganligi aniqlangan. Jabrlanuvchi tomonidan tanib olingan hamda daliliy ashyo, ayollar zanjiri, baldoq va “Huawei” rusumli uyali telefon apparati olingan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 10-iyul kuni Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Yangiliklar lentasi
0